Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turida “Yuventus” 16-dekabr, chorshanba kuni “Atalanta”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Federiko Kyeza turinliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Remo Froyler muvozanatni tikladi.
Oradan ko‘p o‘tmay “Yuventus” vakillari penalti ishlab oldi, biroq Krishtianu Ronaldu 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Andrea Pirlo shogirdlari 24 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Atalanta” (18) 8-pog‘onaga joylashgan.
A Seriya
12-tur bahsi
16-dekabr, chorshanba
“Yuventus” — “Atalanta” 1:1
Gollar: 1:0 – 29 Kyeza, 1:1 – 57 Froyler.“Yuventus”: Shensni, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Makkenni, Kuadrado, Bentankur, Artur (Rabyo, 27), Kyeza (Aleks Sandro, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 84).
“Atalanta”: Gollini, Gosens, Palomino, Romero, Xatebur, Malinovskiy (Miranchuk, 71), Froyler, Pessina (Gomes, 53), de Ron, Gimshiti, Sapata (Muriel, 72).
Ogohlantirishlar: Romero (38), Rabyo (46), de Ron (52), Morata (60), Makkenni (80).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)