• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Britaniyaliklar Yevroittifoqdan savdo bitimi tuzmasdan chiqishga tayyorlanmoqda. Do‘konlar javonlari pandemiyaning ilk haftalaridagi kabi bo‘shab qoladiganga o‘xshayapti

    Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi savdo bitimini tuzishi mumkin bo‘lgan o‘tish davri 2020-yil 31-dekabr kuni tugaydi, deb yozadi Meduza. Bu bitim agar uni imzolashga muvaffaq bo‘linsa, Britaniya va uning asosiy sherigi — Yevroittifoq (uning hissasiga butun Britaniya eksporti va importining yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi) o‘rtasidagi bojlar va boshqa iqtisodiy aloqalarni tartibga solishi kerak.

    Londonning Sainsbury’s supermarketidagi bo‘sh javonlar. 2020-yil 17-mart

    Londonning Sainsbury’s supermarketidagi bo‘sh javonlar. 2020-yil 17-mart
    Foto: LETA
    Ammo bu bitimning istiqbollari anchagina mujmal: dekabrda ikkala tomon vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning navbatdagi raundi hech qanday natijaga olib kelmadi. 2020-yil 13-dekabr kuni masalani Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon de Lyayen muhokama qildi, ammo muzokaralarni davom ettirish haqidagi kelishuvdan boshqa hech qanday xulosaga kelinmadi. Ayni vaqtda The Times gazetasining manbasi da’vo qilishicha, tomonlarning kelishuvga erishishi ehtimoli 20 foizdan yuqori emas, Yevroittifoq tomonidan ilgari surilgan shartlarni esa Britaniya tomoni nomaqbul deb hisoblaydi.

    Bu shartlarning nimasi yomon?

    2020-yil oktabridagi navbatdagi muzokaralar raundi oldidan Ursula fon der Lyayen  muzokaralarning eng muammoli nuqtalarini aytib o‘tgan edi: bular bo‘lg‘usi savdo sheriklaridagi standartlarning bir xilligi va baliqchilik sohasidagi siyosat. “Suveren” Britaniyada ishlab chiqarish standartlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi haqida rasmiy “Brekzit”dan avval ham ma’lum edi, u esa 2020-yil 1-fevralda Birlashgan Qirollikning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi haqidagi bitimning imzolanishi bilan boshlangan edi. Ammo Yevroittifoq o‘zi va uning sobiq a’zosi o‘rtasida bojsiz savdo haqida kelishuv imzolanishi uchun Britaniyaning yangi standartlari Yevropanikiga maksimal darajada muvofiq kelishi kerak.

    Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bananlarning qay darajada egik bo‘lishi yoki ofitsiant ayollarning yoqasi qanchalik ochiq bo‘lishi haqidagi bema’ni qonunlarni britaniyaliklar zimmasiga yuklaydigan bryussellik lo‘ttivozlar haqidagi qo‘rqinchli hikoyalar konservativ va “yevroskeptik” gazetalarda “Brekzit”dan ancha oldinroq, 90-yillardayoq paydo bo‘lgan edi. Lekin aynan 2016-yildagi ovoz berish arafasida britaniyaliklarga yot standartlarni yuklash Yevroittifoqdan chiqish tarafdorlari dasturidagi eng muhim bandlardan biriga aylandi. Shuning uchun “Brekzit”ni yoqlovchi tashviqot kampaniyasining eng yorqin va ko‘zga ko‘ringan ishtirokchilaridan biri bo‘lgan, go‘yoki, yevrobyurokratlar britaniyaliklarga yeyishni taqiqlagan ortiqcha qiyshiq bananlar haqidagi voqeani shaxsan takrorlagan Boris Jonson ushbu band bo‘yicha yon bosishga oxirigacha oyoq tirab turgani hayratlanarli emas.

    Baliq ovlashga kelsak, Yevroittifoqda amal qiladigan umumiy siyosatga ko‘ra, ittifoqqa a’zo mamlakatlar Yevroittifoqning butun qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab dengiz mahsulotlarini muayyan kvotalar bo‘yicha ovlashi mumkin, alohida davlatlarning hududiy suvlari bundan mustasno. 2021-yil 1-yanvardan Birlashgan Qirollik Yevroittifoq mamlakatlari bilan minglab kilometr qirg‘oqni bo‘lishadigan begona davlatga aylanadi va yangi siyosat ishlab chiqilishi talab qilinadi. Muammo shundaki, Yevroittifoq baliqchilik haqidagi band savdo haqidagi yagona bitimga kiritilishini talab qilmoqda, britaniyaliklar esa buni alohida hujjat qilib, o‘z dengiz manbalarini sobiq ittifoqdoshlar bilan bo‘lishmasdan, o‘zi nazorat qilishni istayapti.

    Britaniya va Yevroittifoq o‘rtasidagi savdo muzokaralari qanday kechayotgani haqida Britaniya gazetalarining 2020-yil 12-dekabrdagi birinchi sahifalaridan ham xulosa qilish mumkin, ulardan biriga “Kanonerkalar yuboramiz” (kanonerka — bir necha o‘rta kalibrli to‘p bilan qurollangan kichik harbiy kema) sarlavhali bosh maqola joylashtirilgan. Unda aytilishicha, savdo bitimi haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz kechgan taqdirda, suveren Britaniya suvlarini fransuz traulerlari (trallar bilan jihozlangan baliq ovlaydigan dengiz kemasi)dan himoya qilish uchun Britaniya qirollik flotining to‘rtta kanoner kateri xizmatga kirishishga tayyor.

    Saturday’s Daily MAIL: “We’ll Send In Gunboats” #TomorrowsPapersToday pic.twitter.com/bMPmAXRY1P

    — Allie Hodgkins-Brown (@AllieHBNews) December 11, 2020

    Endi nima bo‘ladi?

    Boris Jonson Yevroittifoq shartlariga rozi bo‘lmaslikka juda qattiq bel bog‘lagan ko‘rinadi — hatto eng zarur mahsulotlar tanqis bo‘lib qolishi ehtimoli bo‘lsa ham. Britaniya OAVlari yozishicha, supermarketlar xuddi pandemiyaning ilk oylaridagi kabi, iste’molchilar talabi yoppasiga oshib ketishidan xavfsirab oziq-ovqatlarni zaxira qilib qo‘yishni boshlagan, bu esa Duvr portidan chiqadigan shosseda yuk mashinalaridan iborat ko‘p kilometrli tirbandlikka olib kelgan. The Sunday Times esa sog‘liqni saqlash sohasidagi mansabdorlarga olti haftaga yetadigan dorilar, iste’mol materiallari va vaksinalarni zaxira qilib qo‘yish topshirilganini yozmoqda.

    Britaniyaning Duvr portiga olib boruvchi M20 shossesida yuk mashinalar tirbandligi. 2020-yil 11-dekabr

    Britaniyaning Duvr portiga olib boruvchi M20 shossesida yuk mashinalar tirbandligi. 2020-yil 11-dekabr
    Foto: LETA

    Mavzuga doir:

    • Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinatsiyani boshlaydi
    • Buyuk Britaniyada lokdaundan keyin mahalliy cheklovlar joriy qilinadi
    • Buyuk Britaniya qirolichasi “Brekzit” haqidagi qonunni imzoladi
    • “Keling ‘Brekzit’ni tugatamiz”: Boris Jonson – Buyuk Britaniya parlament saylovlari yakuni haqida
    • Bloomberg: Boris Jonson qirolicha tasdiqlagan keskin “Brekzit”ni taqiqlovchi qonunga bo‘ysunmoqchi emas
    • Britaniya parlamenti Tereza Meyning “Brekzit” bo‘yicha rejasini yana rad etdi
    • Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoni boshlandi

    14.12.2020, 12:10   Izoh (0)   14353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh hukumati fikricha, Facebook raqobat xavfini bartaraf qilish uchun Instagram va WhatsApp’ni sotib olgan. Endi u kompaniyani bo‘lib yuborishni talab qilmoqda

    14.12.2020, 09:15

    Qirg‘izistonda 18 kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

    13.12.2020, 23:38

    Ramzan Qodirovning 20 yoshli qizi Grozniyda maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi

    13.12.2020, 23:17

    Fransiya fuqarosi Yevropa lotereyasi tarixidagi rekord yutuq — 200 million yevro yutib oldi

    13.12.2020, 22:58

    Germaniyada 16-dekabrdan boshlab karantin choralari kuchaytiriladi

    13.12.2020, 22:16

    Xitoyda bir kishida COVID-19 aniqlangani sababli butun shahar karantinga yopildi

    13.12.2020, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 4 kun juda issiq havo bo‘lishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 10:08

    “Barselona” Luis Dias transferi bo‘yicha “Liverpul”dan chegirma kutmoqda

    Sport | 15 iyul, 10:06

    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

    Reklama | 15 iyul, 10:02

    Ishga bog‘liq emas: dushanba kuni insonlarda stressning kuchayishi ilmiy tasdiqlandi

    Ilm-fan | 15 iyul, 09:59

    G‘azo sektoridagi hujumda 78 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 15 iyul, 09:44

    Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:35

    O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda 23 mingdan ortiq fuqaroda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlandi — Sanepidqo‘mita

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.