Professional boksning yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) o‘zining 6-jangini Toshkent vaqti bilan 13-dekabr, yakshanba kuni o‘tkazdi.
Meksikada o‘tkazilgan jangda Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-1, 3 KO) raqiblik qildi. Elnurning jangni faollik bilan boshladi va hech qancha vaqt o‘tmay raqibini chuqur nokaut holatiga solib qo‘ydi. Shu tariqa jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi.
Natijada Elnur Abduraimov professional boksdagi 6-jangida 6-nokautli g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Oliva esa professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.
Abduraimov—Oliva jangini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)