Zamonaviy qurilmalarning “to‘g‘ridan to‘g‘ri” ajdodi hisoblangan, biroq dizayni va ichki komponentlari bilan ulardan keskin farq qiluvchi sichqoncha sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Birinchi kompyuter sichqonchasi joyini o‘zgartiruvchi datchikli o‘ziga xos konstruksiyaga ega bo‘lgan — u qurilma korpusidan chiqib turuvchi ikkita pependikulyar g‘ildirakdan tarkib topgan. Foydalanuvchi sichqonchani qimirlatganida, g‘ildirakcha o‘z o‘qlari bo‘yicha harakatlangan. Keyinroq ushbu konstruksiyada qirqilgan po‘lat sharchadan foydalanish boshlangan, biroq ko‘p o‘tmay undan voz kechilgan.
Engelbart qurilmasining yana bir o‘ziga xos jihati tugmalari sonida. Ular uchta — ko‘rsatgich, o‘rta va nomsiz barmoq ostida. O‘rta (uchinchi) tugma tez orada aylanuvchi g‘ildirak ko‘rinishini olgan.
Auksion 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Sichqonchani 800 dollarga sotish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)