Daryo

Xiaomi ovozli yordamchiga ega kompyuter sichqonchasini yaratmoqda

Hozirda devaysning chakana narxi 18 dollarga teng

1 daqiqa o‘qish26 474 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmochina

Xiaomi XiaoAl Mouse kompyuterlari uchun yangi sichqonchani taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nomidan bilish mumkinki, qurilmaning o‘ziga xosligi — uni kompaniyaning “aqlli” ovozli yordamchisi orqali boshqarish mumkin, deb xabar beradi Gizmochina.

Foto: Gizmochina

Kompaniya dizayn nuqtayi nazaridan deyarli hech qanday yangilik o‘ylab topmagan. Sichqonchaning tashqi ko‘rinishi Mi Wireless Mouse bilan bir xil — tugmalarga ega monolit korpusga ega. Unga ovozli yordamchini chaqirish uchun alohida tugma qo‘shilgan va XiaoAl Mouse ichiga mikrofon joylashtirilgan.

Sichqoncha 750 mA/soat sig‘imga ega akkumulyatorni quvvatlantirish uchun kerak bo‘ladigan USB Type-C orqali ulanadi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, batareya 30 kunga yetadi. Bluetooth ulanishdan tashqari simli ulanishni ham amalga oshirish mumkin.

XiaoAl Mouse ovozli yordamchiga ega birinchi sichqonchaga aylanadi. Shuningdek, uning funksiyalari ichidan turli dasturlarni ochish yoki tizim jarayonlarini bajarish, masalan, kompyuterni o‘chirish o‘rin oladi.

Yangi sichqonchani yaratish uchun mablag‘lar kraudfanding orqali jalb etilmoqda. Hozirda devaysning chakana narxi 18 dollarga teng. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar