Germaniyaning Mixendorf shahrida Santa Klaus kostyumini kiyib olgan yuzlab insonlar yugurish musobaqasida qatnashdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Karantin cheklovlari sabab ishtirokchilar soni cheklangan. Ishtirokchilarga faqat kichik-kichik guruh bo‘lib, ijtimoiy masofalanishga rioya qilgan holda yugurishga ruxsat berilgan.
Avvalroq AQSh va Yevropaning ayrim mamlakatlarida Santa Klauslar shisha orqasiga yashirinishni boshlagani, shuningdek, ularga bolalarni tizzalarida olib o‘tirish taqiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)