2020-yilda Qorbobo va Santa Klauslar o‘z sog‘lig‘iga ehtiyot bo‘lishi kerak. Sababi ularning yoshi koronavirus kasalligining xavfi yuqori bo‘lgan toifaga kiradi. Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri mahalliy Santa Klauslarga mamlakatning COVID-19’ga nisbatan cheklovlarni buzishga ruxsat bergan bo‘lsa, AQSh va Yevropaning ayrim mamlakatlarida ularni shisha orqasiga yashirishadi, shuningdek, bolalarni tizzalarida olib o‘tirish taqiqlanadi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Meduza

Gap Santa Klauslarning savdo markazida ishlashi haqida ketmoqda. Har yili bolalar ota-onalari bilan u yerga tashrif buyurib, Qorbobo bilan suratga tushar va sovg‘alar olar edi. Biroq pandemiya tufayli urf-odatlarni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keldi. Ba’zi savdo markazlarida bolalar Santa bilan ikki metr masofadan muloqot qilishi kerak. Biroq Daniyada ularga umuman murojaat qilish taqiqlandi. Shuning uchun ham Santalar u yerda shaffof shar ichida joylashadi.

Foto: Meduza

Yana ba’zi joylarda niqobsiz bolalar tinglanmaydi va ular bilan suratga ham tushilmaydi. Ayrim xarid qilish markazlarida bolalar Qorboboni ko‘rganda quchoqlab olmasligi uchun barcha sovg‘a quti va bezaklar Santa Klaus atrofiga joylashtiriladi.

Foto: Meduza

Bundan tashqari ko‘pgina savdo markazlarida elektron navbat ham rejalashtirilmoqda, bu odamlar yig‘ilishining oldini oladi. Xodimlar Qorboboning sovg‘alari, bezaklar, kreslo va Santa Klausning qo‘lini doimiy ravishda artib turadi. Aytgancha, Santa Klaus odamlardan dam olishi uchun uning ish vaqti ham qisqartiriladi. Umuman olganda, yil qanday o‘tgan bo‘lsa, bayram ham shu kabi nishonlanadi.