• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Sun’iy intellekt oqsillar foldingi masalasini hal etdi

    AlphaFold neyron tarmog‘i tarixda ilk bora aminokislotalar tartibiga asoslanib, murakkab oqsillarning fazoviy shaklini aniq ko‘rsatishga imkon berdi. “Daryo” bu haqida Naked-Sciense nashrida e’lon qilingan maqolani tarjima tariqasida taqdim qiladi.

    Sun’iy intellekt biologiya fani qarshisida deyarli yarim asr muddatdan beri dolzarb bo‘lib turgan masalani – oqsillarning birlamchi strukturasiga asoslanib, ularning uchinchi tartib strukturasini aniqlash masalasini hal etdi. Endilikda yirik oqsil molekulasining aminokislota ketma-ketligini bilgan holda uning uch o‘lchamli fazoviy konfiguratsiyasini hosil qilish mumkin. Bu haqida Britaniyaning DeepMind nomli startapi bergan press-relizda xabar qilinmoqda.

    Foto: Argonne National Laboratory

    Foto: Argonne National Laboratory
    Gap shundaki, oqsillarning xossalari va funksiyalari ularning uch o‘lchamli strukturasiga ko‘ra belgilanadi va oqsillarning qanday ishlashiga oid ko‘plab muhim kashfiyotlar aynan shunday uch o‘lchamli strukturalar asosida amalga oshirilgan edi. O‘n yillardan buyon buning uchun rentgen kristallografiyasi, yadroviy magnit rezonansi yoki krioelektron mikroskopiya singari uzoq davom etadigan, murakkab va mehnattalab usullar qo‘llab kelinadi. Lekin bu usullar doim ham ish beravermaydi. Shu sababli ham hozirgi kunda fanga ma’lum umumiy 200 millionga yaqin oqsil turidan faqat 170 mingtachasining 3D-strukturasi aniqlangan xolos.

    Tabiatda oqsillarning uchinchi tartib strukturasi uning birinchi tartibi, ya’ni o‘z-o‘zidan tabiiy ravishda qatlam-qatlam bo‘lib ushbu molekulalar zanjirini shakllantiradigan aminokislotalar ketma-ketligiga ko‘ra yuzaga keladi. Bu jarayonni oqsilning “taxlanishi” – oqsil foldingi deyiladi. Olimlar uzoq yillar davomida bu jarayonni matematik modellashtirishga urinishgani bejiz emas. Masala shu qadar murakkab bo‘lib chiqdiki, hattoki superkompyuterlarning qo‘llanishi ham bu o‘rinda unchalik naf bermadi: yuzlab aminokislotalardan tuziladigan molekulalar sonidan shakllanadigan ehtimoliy variantlar miqdori shunchaki astronomik raqamlarni tashkil etadi!

    Bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish uchun, olimlar 1994-yildan buyon har ikki yilda CASP (Critical Assessment of protein Structure Prediction) nomli tanlov – tajriba o‘tkazadi. Bunda butun jahon bo‘ylab shu kabi loyiha va algoritmlarni tuzayotgan mualliflar, hali strukturasi noma’lum bo‘lgan yuzlab oqsillarning aminokislota ketma-ketligini oladi va o‘zidagi mavjud model asosida uni hisoblab chiqishga urinadi. Bunga parallel ravishda struktura biologiyasi sohasidagi laboratoriyalarda “mumtoz” usulda ishlaydigan olimlar ham harakat qiladi. So‘ngra olingan strukturalarni taqqoslab, o‘zaro moslik qiymati – GDTni keltirib chiqaradi.

    Agar GDT 90 dan 100 gacha bo‘lsa, struktura aniq hisoblangan deb qaraladi. Bir necha o‘nta aminokislotalardan tashkil topadigan kalta peptidlar uchun bu ish o‘sha 1990-yillardayoq uddalab bo‘lingan. Lekin yuzlab aminokislotalardan tarkib topadigan oqsillar uchun GDT uzoq yillar mobaynida “sharmandali” darajada – 20 atrofida bo‘lgan xolos. Faqat yaqin bir necha yil avval murakkab algoritmlarni qo‘llash evaziga bu ko‘rsatkichni 40 ga ko‘tarishga erishilgan va bu ham yetarli emas.

    2018-yildan buyon bu tanlovga AlphaFold loyihasi ham qo‘shilgan bo‘lib, uni o‘sha avvalroq Go o‘yinida professionallarni yutgan Sun’iy intellektni ishlab chiqqan Britaniyaning DeepMind kompaniyasi yaratmoqda. O‘shandayoq eng murakkab strukturalar uchun ham GDT ko‘rsatkichini 60 ga yetkazgan AlphaFold bu borada yetakchilikni qo‘lga olgan edi. 2020-yilgi tanlovga mazkur sun’iy intellektni yanada takomillashtirdi va uni 170 mingta ma’lum oqsil strukturalari asosida o‘qitdi. Tajribalarda u o‘rtacha 92 GDT bilan folding aniqlamoqda va eng murakkab oqsillar uchun bu ko‘rsatkich 87 dan yuqori chiqyapti.

    Mutaxassislar allaqachon mazkur hodisani so‘nggi yillarning eng muhim yutuqlaridan deb atamoqda. Ehtimol, yaqinda neyrotarmoqlar oqsillarning uch o‘lchamli strukturasini “yo‘l-yo‘lakay” – zaruriyatga qarab aniqlab ketishga imkon bersa kerak. Avvallari o‘ta murakkab bo‘lgan va shu sababli unga ayrim yechimlarni topgan mualliflar hatto Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan ushbu masala o‘tmishga aylanadi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    08.12.2020, 14:30   Izoh (0)   24574
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy termoyadroviy “sun’iy quyosh”ni ishga tushirdi

    07.12.2020, 10:29

    Olimlar nima sababdan ba’zi hayvonlar koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligini aniqladi

    05.12.2020, 14:38

    Koronavirus faolligini so‘ndiruvchi damlama nomi ma’lum bo‘ldi

    22.11.2020, 11:55

    NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)

    19.11.2020, 10:00

    Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi

    16.11.2020, 07:29

    Amerikalik olimlar: “Koronavirus mutatsiyaga uchradi, biroq uning xavflilik darajasi ortmagan”

    14.11.2020, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.