FourFourTwo jurnali o‘z talqiniga ko‘ra 2020-yilning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Bu nomga “Bavariya” hamda Polsha terma jamoasi a’zosi Robert Levandovski munosib ko‘rildi.
Ovoz berishda 101 mamlakatdan 101 jurnalist ishtirok etgan va ularning barchasi Levandovskiga ovoz bergan.
Ma’lumot uchun Levandovski 2020-yilda “Bavariya” safida Bundesliga, Germaniya Kubogi hamda Superkubogiga ega chiqdi. Shuningdek, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogini ham sovrinlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi. Robert Bundesliga, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida to‘purarga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)