“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn Premyer Ligasi 11-turi doirasida “Arsenal”ga qarshi kechgan 6-dekabr kungi bahsda (2:0) gol urdi va Son Hyon Minning goliga assistentlik qildi.
Keyn APL mavsumining dastlabki 11 o‘yinida 10 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa angliyalik hujumchi “Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zilning 2015/16-yilgi mavsumda qayd etgan rekordini takrorladi.
27 yoshli futbolchi Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumida 8 ta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)