• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiya turizmi 2020-yilda qay holatda? Turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish agentligi vakili javob berdi

    Turkiyaga 2019-yilda 52 million nafar turist tashrif buyurgan bo‘lsa, 2020-yilda pandemiya tufayli oqim ancha kamaydi va keluvchilar soni 15 million nafarga tushgan. Bu haqda Turkiya turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish agentligi boshqaruv a’zosi va matbuot kotibi Erkan Yagdi “Pandemiya sharoitida turizm” loyihasi doirasida o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar bilan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

    Erkan Yagdi.

    Erkan Yagdi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Pandemiya tufayli turizm sohasi jiddiy zarar ko‘rdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bizda Antaliya, Istanbul, Mug‘la va Izmir eng ko‘p mehmon kutadigan shaharlar sirasiga kiradi. May va iyun oylarida Turkiyada karantin joriy etilgach biz sohamizda sezilarli yo‘qotishlar bo‘lmasligi uchun ancha mehnat qildik. Turistlar mamlakatga xavfsizlikka ishonch bilan kelishlari uchun ishladik. Xususan, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi “Xavfsiz turizm sertifikatsiyasi dasturi”ni joriy etdi. Unda sayyoh samolyotdan aeroportgacha, tashish avtotransportidan mehmonxonagacha duch keladigan barcha tafsilotlar va ko‘rilgan xavfsizlik choralarini joyida kuzatish imkoni bor. Ya’ni pandemiya vaqtida mamlakatda ta’til o‘tkazmoqchi bo‘lgan mehmonlar uchun kerak bo‘ladigan eng kichik holatlar ham o‘ylab chiqilgan. Barcha mehmonxonalarda ushbu sertifikat joriy etilishini nazorat qildik. Unda jami 150 ta band bo‘lib, shulardan eng asosiy 3 ta bandni aytib o‘tishim mumkin. Bular: niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va gigiyenik tozalik. Sertifikat olgan mehmonxonalarni har oyda xalqaro tashkilotlar tekshirib boradi.

    Erkan Yagdi, Turkiya turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish agentligi boshqaruv a’zosi va matbuot kotibi 

    – Mamlakatingizga kelgan sayyohlar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar bo‘ldimi? Agar bo‘lsa, ularga qanday yordam ko‘rsatildi?– Kelgan sayyohlar orasida virus yuqtirganlar ham bo‘ldi, ammo ularning miqdori ancha kam. Biz mehmonxonalarda ana shunday sayyohlar uchun alohida hududlar tashkil etishni talab qildik. Testi “ijobiy” natija bergan sayyohlarga 15 kun davomida mehmonxonada davolanish uchun sharoit yaratib berildi. Bundan tashqari, sug‘urta paketlari ishlab chiqildi. “COVID-19” testini o‘z ichiga olgan tibbiy sug‘urta paketi tashkil etildi. Unga ko‘ra, shartnoma bilan aeroportlardan olingan aviachiptalar, turli savdo joylari, tur operatorlar va onlayn kanallar orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan 15, 19 va 23 yevrolik sug‘urta paketlari doirasida 3 ming, 5 ming va 7 ming yevrogacha barcha tibbiy xarajatlar qoplanadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    – Pandemiyadagi xarajatlarning o‘sishi hisobiga sayyohlarga ko‘rsatilgan xizmatlar narxi oshdimi?

    – To‘g‘ri, turizm sohasida xizmatlarni xususiy sektor amalga oshiradi. Biroq sog‘liqni saqlash tizimining ham bu borada o‘z o‘rni bor. Bizning asosiy maqsadimiz esa insonlar sog‘lig‘ini saqlash. Shu bois narxlar o‘zgartirilmadi.

    – Turkiyada yangi turdagi qaysi turizm yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda? Ular orasida sport yo‘nalishlari ham bormi?

    – Biz 2023-yilda 75 million nafar sayyoh qabul qilish va xizmat ko‘rsatishni rejalashtirgan edik. Buning uchun sayyohlik yo‘nalishlarini kengaytirish, yirik davlatlardan ko‘proq mehmonlar kelishini ta’minlash va kuchli reklama muhitini yaratishga e’tibor qaratildi. Lekin bu yilgi pandemiya mo‘ljallarimizni o‘zgartirib yubordi. Hozirda bizga kelayotganlarning asosiy qismini Rossiya va Germaniya aholisi tashkil etmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    – Turkiyaga sayohat qilishni istovchilar kun sayin ko‘paymoqda. Shunday ekan, bu borada boshqa davlatlarga investitsiya kiritishga qiziqish qanchalik yuqori?

    – Albatta, turizmni rivojlantirish uchun turli davlatlarga pul tikilmoqda. Ayni vaqtda Rossiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlarda tur agentliklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30-noyabr kuni koronavirus tarqalishiga qarshi cheklov choralari kuchaytirilishini ma’lum qilgan, unga ko‘ra, ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab amalda bo‘ladigan komendantlik soati kirgan. Dam olish kunlari — juma kuni soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 05:00 gacha odamlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.

    Bungacha Turkiyada faqat dam olish kunlari komendantlik soati mavjud edi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17-noyabr kuni COVID-19 pandemiyasi sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir:

    • “Daryo” fotosayohati: “Pandemiya sharoitida turizm”ga moslashgan Ayo Sofiya va Sulton Ahmad masjidlari
    • “Daryo” fotosayohati: Turkiyaning Istanbul shahridagi Taqsim maydoni va Istiqlol ko‘chasi manzaralari
    • “Daryo” fotosayohati: Kemalar, dengiz vokzali, baliq tutayotgan odamlardan iborat Bosfor bo‘g‘ozi

    06.12.2020, 20:24   Izoh (0)   31679
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Pandemiya sharoitida turizm”: Istanbuldagi Sulton Ahmad yoki ippodrom maydoniga sayohat

    06.12.2020, 15:45

    Time jurnali o‘z muqovasiga “tarixdagi eng yomon yil”ni joylashtirdi

    06.12.2020, 13:21

    Turkiyada bir kecha-kunduzda koronavirusdan rekord darajada o‘lim holatlari qayd etildi

    06.12.2020, 11:50

    AQSh Kongressi marixuanani butun mamlakat bo‘yicha qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi

    06.12.2020, 11:23

    Buyuk Britaniyada 8-dekabrdan aholini COVID-19’ga qarshi emlash boshlanadi

    06.12.2020, 07:49

    Estoniyada pandemiya sabab qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi

    06.12.2020, 07:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.