• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Pandemiya sharoitida turizm”: Istanbuldagi Sulton Ahmad yoki ippodrom maydoniga sayohat

    Avval xabar berilganidek, “Pandemiya sharoitida turizm” loyihasini tashkil qilgan Turkiya madaniyat va turizm vazirligi o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar qatorida “Daryo” muxbirini ham Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga taklif etgan. 

    Safarning Istanbuldagi so‘nggi kunida guruh vakillari Sulton Ahmad yoki ippodrom maydoniga olib kelindi. Bu yerda ham butun dunyoni chetlab o‘tmagan pandemiya sharoitida sayyohlar xavfsizligi uchun ko‘zlab qilingan choralarga guvoh bo‘lish mumkin edi. Aytish kerakki, Turkiya hukumati koronavirus bilan bog‘liq holat mamlakat chegaralariga yetib kelmasidan avval mustahkam sog‘likni saqlash infratuzilmasi, malakali kadrlar resurslari yordamida tezkor ravishda barcha kerakli xavfsizlik choralari ko‘rib qo‘yilganini bildirgan edi. Mamlakatda pandemiya vaqtida yuzaga keladigan ehtiyojlar oldindan hisoblanib, milliy resurslarni qo‘llagan holda davlat tibbiy muassasalari qo‘shimcha uskunalar bilan qayta jihozlangani pandemiya jarayonini eng kam talofatlar bilan yengish imkoniyatini berishi ma’lum qilingan.

    Turizmni yana xavfsiz davrga qaytarish uchun shu sohadagi davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari nazorati ostida, pandemiya tarqalishining oldini olish va turistik faoliyatni xavfsiz ravishda amalga oshirish maqsadida Pandemiya, sog‘likni saqlash va gigiyena qo‘mitalari tashkil etilgan. Havo, yerusti va dengiz orqali qatnovlar, shuningdek, turistik obyektlar, ichimliklar va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha kompleks yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan.

    Buni safar doirasidagi barcha hududlarda kuzatish mumkin edi.

    Endi bevosita Sulton Ahmad yoki eski ippodrom hududi bilan tanishsak. Sulton Ahmad yoki ippodrom maydoni Istanbul shahrining Sulton Ahmad kvartalida, Fotih tumanida joylashgan. Uni Sulton Ahmad va Sofiya masjidlari yaqinidan topish mumkin. Turli davrlardagi tarixiy obidalarining saqlanib qolganligi bilan mashhur. Vizantiyaning Konstantinopol davrida maydon o‘rnida ippodrom bo‘lgan. Unda otlar musobaqasi o‘tkazib kelinganligi uchun ham ikkinchi nomi xalq orasida tarqalgan.

    Tarixi

    Ippodrom eramizning 3-asrida rimlik imperator Septimiy Sever tomonidan tomoshagoh sifatida bunyod etilgan. U 1300 yil mobaynida ko‘plab siyosiy dramalarning guvohiga ham aylangan. Asrlar davomida maydon qiyofasini o‘zgartirib boravergan. Amfiteatr galereyalari to‘rtinchi Salib yurishlarida jabrlangan bo‘lsa-da, Usmonlilar davrida butkul yo‘q qilingan. Qadim ippodromning aksariyat ustunlari Sulton Ahmad masjidi qurilishida ishlatilgan. Avvallari bu yerda bo‘lgan 4 ta bronza ot Salib yurishlari vaqtida o‘g‘irlab ketilgan. Hozirda u Venetsiyada saqlanadi.

    Bugungi kun

    Maydonning landshaft dizayni bugungi kunda boshqacha qiyofa kasb etgan. Ayni damda hududda shahar bayramlari, ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, sayillar uyushtirish mumkin.

    Sulton Ahmad maydoniga (ippodrom) kiraverishda esdalik sovg‘alari sotuvchi do‘konlarni uchratish mumkin.

    Sulton Ahmad maydoniga (ippodrom) kiraverishda esdalik sovg‘alari sotuvchi do‘konlarni uchratish mumkin.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Feodosiy yodgorligi.

    Feodosiy yodgorligi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Feodosiy yodgorligi

    Istanbuldagi eng qadimiy inshootlardan biri eramizgacha bo‘lgan 1500-yilga taalluqli, u qadimiy Misrga tegishli ekanligini ierogliflarga qarab bilish mumkin. Imperator Feodosiyga yoqib qolgani sababli uni Misrdan olib kelishgan. Imorat Konstantinopolning qadim hayoti aks etgan 4 ta marmar kublarda turadi. Hozirda yodgorlik balandligining uchinchi qismigina saqlanib qolingan.

    Feodosiy imorati Konstantinopolning qadim hayoti aks etgan 4 ta marmar kublarda turadi.

    Feodosiy imorati Konstantinopolning qadim hayoti aks etgan 4 ta marmar kublarda turadi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Feodosiy yodgorligi.

    Feodosiy yodgorligi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Konstantin yodgorligi.

    Konstantin yodgorligi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sulton Ahmad maydonida sayr qilish, uchrashuvlar, bayramlar uyushtirish, dam olish mumkin.

    Sulton Ahmad maydonida sayr qilish, uchrashuvlar, bayramlar uyushtirish, dam olish mumkin.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Konstantin yodgorligiga ustidagi qush.

    Konstantin yodgorligiga ustidagi qush.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Konstantin yodgorligi

    32 metrli qattiq toshdan ishlangan yodgorlikning qad ko‘targan aniq bir sanasi haqida biror ma’lumot yo‘q. Yodgorlik nomi eramizning 10-asrida uni qayta tiklagan imperator nomi bilan ataladi. Qachonlardir imorat tilla suvi yugurtirilgan bronza yaproqlar bilan bezatilgan, biroq Salib yurishlari vaqtida uni tilladan, deb o‘ylagan jangchilar yulib olib ketishgan.

    Feodosiy yodgorligi va osmon uzra parvoz qilayotgan samolyot.

    Feodosiy yodgorligi va osmon uzra parvoz qilayotgan samolyot.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Marmara universiteti.

    Marmara universiteti.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Toshli favvora.

    Toshli favvora.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Toshli favvora

    Ippodromning shimoliy qismidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda toshdan yasalgan Kayzer Vilgelm favvorasi bor. U nemis imperatori Vilgelm tomonidan 1898-yilda Sulton Abdulhamidga tuhfa qilingan. Toshlardagi monogrammada siyosiy ittifoqni anglatuvchi Sulton Abdulhamid II hamda Vilgelm II ning ism-shariflarini ko‘rish mumkin.

    Yer kadastri hududiy boshqarmasi.

    Yer kadastri hududiy boshqarmasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Feodosiy yodgorligidagi iyerogliflar.

    Feodosiy yodgorligidagi iyerogliflar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Firuz og‘a masjidi.

    Firuz og‘a masjidi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ilon shaklidagi ustun.

    Ilon shaklidagi ustun.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ilon shaklidagi ustun

    3 ta bir-biriga chirmashgan ilonlar shaklidagi ustun eramizgacha bo‘lgan 478-yilga taalluqli. O‘sha vaqtlarda u balandroq hamda uchta ilon boshi ham mavjud edi. Imorat qadimiy yunon ustalari tomonidan uyushgan polis shaharlar armiyasining forslarga qarshi jangidagi g‘alabasi sharafiga o‘rnatilgan. Afsonalarga qaraganda u qatl etilgan forslarning qalqonlaridan quyilgan. Istanbulga ushbu imorat eramizning 330-yilida Buyuk Konstantin tomonidan keltirilgan.

    Ilon boshlari 18-asrgacha imoratda turgan, hozirda yo‘q. Yagona saqlanib qolingan ilon boshining tepa jag‘i Istanbul arxeologiya muzeyida saqlanadi.

    Ippodrom yaqinidagi ko‘chalar.

    Ippodrom yaqinidagi ko‘chalar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ibrohim podshoh saroyi.

    Ibrohim podshoh saroyi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Turk va islom san’ati muzeyi.

    Turk va islom san’ati muzeyi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Istanbulning deyarli har bir diqqatga sazovor manzillarida bankomatlarni uchratish mumkin.

    Istanbulning deyarli har bir diqqatga sazovor manzillarida bankomatlarni uchratish mumkin.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yo‘l ko‘rsatkichlari.

    Yo‘l ko‘rsatkichlari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tozalik va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari.

    Tozalik va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tozalik va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari.

    Tozalik va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Turkiya aholisining ko‘plab shaxsiy avtomobillarida mamlakat bayrog‘ini uchratish mumkin.

    Turkiya aholisining ko‘plab shaxsiy avtomobillarida mamlakat bayrog‘ini uchratish mumkin.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Odam gavjum manzillarda kashtan va jo‘xori sotuvchilari yetarlicha.

    Odam gavjum manzillarda kashtan va jo‘xori sotuvchilari yetarlicha.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maydonlarning barchasida hordiq chiqarish uchun o‘rindiqlar bor.

    Maydonlarning barchasida hordiq chiqarish uchun o‘rindiqlar bor.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Simitlarni ham deyarli har bir ko‘chada tatib ko‘rish mumkin.

    Simitlarni ham deyarli har bir ko‘chada tatib ko‘rish mumkin.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mahalliy qahvaxonalar hozircha faqat yetkazib berish, buyurtma va o‘zi bilan olib ketishga ishlamoqda.

    Mahalliy qahvaxonalar hozircha faqat yetkazib berish, buyurtma va o‘zi bilan olib ketishga ishlamoqda.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maydon xavfsizligi kuzatuv kameralari bilan ta’minlanadi.

    Maydon xavfsizligi kuzatuv kameralari bilan ta’minlanadi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mavzuga doir:

    • “Daryo” fotosayohati: “Pandemiya sharoitida turizm”ga moslashgan Ayo Sofiya va Sulton Ahmad masjidlari
    • Foto: Turkiyadagi eng katta saroy — Dolmabaxchega sayohat
    • “Daryo” fotosayohati: Turkiyaning Istanbul shahridagi Taqsim maydoni va Istiqlol ko‘chasi manzaralari
    • “Daryo” fotosayohati: Kemalar, dengiz vokzali, baliq tutayotgan odamlardan iborat Bosfor bo‘g‘ozi

    06.12.2020, 15:45   Izoh (0)   22442
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Time jurnali o‘z muqovasiga “tarixdagi eng yomon yil”ni joylashtirdi

    06.12.2020, 13:21

    Turkiyada bir kecha-kunduzda koronavirusdan rekord darajada o‘lim holatlari qayd etildi

    06.12.2020, 11:50

    AQSh Kongressi marixuanani butun mamlakat bo‘yicha qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi

    06.12.2020, 11:23

    Buyuk Britaniyada 8-dekabrdan aholini COVID-19’ga qarshi emlash boshlanadi

    06.12.2020, 07:49

    Estoniyada pandemiya sabab qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi

    06.12.2020, 07:07

    AQSh Xitoy Kommunistik partiyasi a’zolariga nisbatan viza cheklovini joriy etdi

    05.12.2020, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.