UFC prezidenti Deyna Uayt kubalik yakkakurashchi Yoel Romero (13-5) nima sababdan promoushendan ketganini ma’lum qildi.
“Biz yil oxirigacha katta tozalashni amalga oshirmoqchimiz. Yoel bir nechta jangni boy berdi, u 43 yoshda, jangchilar ro‘yxati esa juda uzun. Shunday ekan ko‘plab chetlatishlar bo‘ladi, keyingi haftalar ichida bizni tark etgan ko‘plab nomlarni eshitasiz.
Yoel bilan muzokaralarda hech qanday g‘ayritabiiylik bo‘lmadi. U bir nechta jangni boy berdi va 43 yoshda. Bu qabul qilishimiz kerak bo‘lgan qiyin qaror edi”, — deydi Uayt.
Avvalroq Romero va UFC o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
43 yoshli kubalik yakkakurashchi UFC’da 14 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan. Xususan, Yoel so‘nggi uchta jangini boy bergandi.
Yoel Romero ishtirokidagi janglar videosini bu yerda ko‘rish mumkin — video
U so‘nggi bor UFC 248 musobaqasida Israel Adesanyaga qarshi chempionlik jangida ishtirok etgan va unda mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)