Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2020-yil yakunlari bo‘yicha tahlillarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Bavariya” ustozi Hans-Diter Flik yilning eng yaxshi klub murabbiyi deb topildi.
Mutaxassis myunxenliklar boshqaruvidagi debyut mavsumda Chempionlar Ligasi, Bundesliga va Germaniya Kubogida g‘olib chiqib, trebl qayd etdi. Shuningdek, uning jamoasi Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoa murabbiylari orasida Fransiya ustozi Didye Desham eng yaxshi sifatida e’tirof etilgan. Uning shogirdlari Millatlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.
Mavzuga doir: The Best—2020 sovriniga da’vogar murabbiylar ma’lum bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)