Kataloniyaning “Barselona” jamoasi futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 12-turida 5-dekabr, shanba kuni “Kadis”ga bahs olib bordi va imkoniyatni boy berdi (1:2).
“Barselona” 1991-yilning mayidan keyin ilk bor “Kadis”ga yutqazdi. Andalusiyaliklar 29 yil avval “Barsa”ni 4:0 hisobida taslim etgandi.
Mavsum avvalidagi o‘nta o‘yindan keyin katalonlar bor-yo‘g‘i 14 ochko to‘play oldi. Bu jamoa uchun 1987/88-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon start bo‘ldi. 33 yil avval “ko‘k-anorranglilar” dastlabki 10 turda 13 ochko to‘plagandi.
Ayni damda Ronald Kuman qo‘l ostidagi jamoasi musobaqa jadvalida 7-pog‘onada bormoqda. “Barselona” hisobida ikkita zaxira o‘yini mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)