“Manchester Siti” hujumkor yarim himoyachisi Rahim Sterling futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 11-turi doirasida “Fulhem”ga qarshi kechgan bahsda (2:0) penalti ishladi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida himoyachi Yoakim Anderson o‘z jarima maydoni ichida 25 yoshli futbolchini to‘xtatib qoldi. Uchrashuv bosh hakami Jonatan Moss 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi va uni Kevin de Bryuyne golga aylantirdi.
Shu tariqa Sterling Premyer Ligada 20 marta penalti ishladi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.
Sterling bu borada “Lester” hujumchisi Jeymi Vardining rekordini (19) yangiladi. Keyingi o‘rinlarda Uilfrid Zaha (16) va Alan Shirer (15) bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)