Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 10-turida “Yuventus” 5-dekabr, shanba kuni “Torino”ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
“Yuventus” A Seriya 2020/21-yilgi mavsumida hali biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Jamoa beshta o‘yinda g‘alaba qayd etgan bo‘lsa, yana beshtasida durang o‘ynadi.
Shu tariqa Andrea Pirlo A Seriyadagi dastlabki 10 ta o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan so‘nggi 26 yil ichidagi ilk murabbiyga aylandi (ko‘rsatkich 1994/95-yilgi mavsumdan buyon hisoblab kelinadi). Bu haqda Opta xabar qildi.
“Yuventus” 20 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)