O‘zbekiston 2020-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra qiymati 1,5 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 65 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston eksport hajmini o‘tgan yilning 10 oyiga nisbatan 209,9 million AQSh dollariga oshirgan.
O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 543,6 million;
- Xitoy – 325,9 million;
- Qirg‘iziston – 223,9 million;
- Turkiya – 174,4 million;
- Polsha – 37,1 million;
- Qozog‘iston – 34,9 million AQSh dollari.
- Toshkent shahri – 244,7 million;
- Andijon viloyati – 211,7 million;
- Farg‘ona viloyati – 201,1 million;
- Toshkent viloyati – 199,4 million AQSh dollari.
Izoh (0)