Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2020-yilning 10 oyida 24 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35 million dollarga teng 26,1 ming tonna choy import qildi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: “Zira.uz”

Foto: “Zira.uz”

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 million dollarga kam.

Qayd etilishicha, o‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagilar:

  • Xitoy – 20,2 ming tonna;
  • Keniya – 2,4 ming tonna;
  • Vyetnam – 1,2 ming tonna;
  • Eron – 697,8 tonna;
  • Hindiston – 379,6 tonna;
  • Indoneziya – 356,0 tonna;
  • Shri-Lanka – 324,5 tonna.
Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilda O‘zbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.

Avvalroq O‘zbekistonga yog‘och va yog‘och mahsulotlari importi kamaygani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi