• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlisdagi oshxona deputatlar qarori tufayli undan foydalanish huquqini auksionda yutib olgan tadbirkorga berilmayapti

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni binosida 155 kvadrat metrlik maydonni oshxona yuritish bo‘yicha ijaraga olish huquqini yutib olgan “Nasiba rizq” MChJ bugungi kungacha ushbu obyektdan foydalana olmayapti, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 20-avgust kuni Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi tomonidan o‘tkazilgan onlayn auksionda qatnashgan “Nasiba rizq” MChJ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni binosida 155 kvadrat metrlik maydonni oshxona yuritish bo‘yicha ijaraga olish huquqini yutib oladi. Ammo tadbirkor bugungi kungacha ushbu obyektdan foydalana olmayapti.

    Shu muammo yuzasidan Matluba Boyeva Qonunchilik palatasi devoni mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirgan.

    “Auksionda yutganimdan so‘ng, Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazidan g‘oliblik bayonnomasini va Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Toshkent shahar hududiy boshqarmasidan uch tomonlama shartnomani olib, imzolash uchun darhol Qonunchilik palatasi devoniga bordim. Noma’lum sabablarga ko‘ra men bilan shartnoma tuzishni paysalga solishdi. Bu yer “rejimniy” obyekt, ko‘chadan kelgan har kim bilan ishlayvermaymiz, degan javob oldim.

    Belgilangan muddat o‘tib ketmasidan ijara shartnomasini tuzish ilinjida qayta-qayta bordim. Ammo urinishlarim behuda ketdi. Ular shartnoma tuzish muddati o‘tib ketishiga sun’iy ravishda erishishdi. Qarabsizki, keyingi murojaatlarimga ‘muddat o‘tib ketgan’ degan javobni olaverdim”, – deydi tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan ayol.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Matluba Boyevaning virtual qabulxonaga yo‘llagan murojaatiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni tomonidan berilgan javobda ko‘rsatilgan muddat davomida davlat mulki obyektining ijara shartnomasi tuzilmaganligi sababli auksion bayonnomasi o‘z kuchini yo‘qotgani ma’lum qilinadi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Baxtiyor Begimqulov ushbu vaziyat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

    “20-avgust kuni ‘Nasiba rizq’ MChJ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mahkamasida oshxona ochish bo‘yicha auksionda g‘olib bo‘lgan. Ijara shartnomasini imzolashi uchun tadbirkorga shartnoma loyihasini chiqarib berganmiz.

    Tadbirkor ijara shartnomasini tuzish uchun shartnomani Oliy Majlisga olib borib bergan. Ko‘rib chiqamiz, deb olib qolishgan. Ammo bayonnomada shunday shart borki, shartnoma loyihasi berilgandan so‘ng, 20 kun ichida shartnoma imzolanmasa, bayonnoma bekor bo‘ladi. Shartnoma imzolash uchun tadbirkor tomonidan Oliy Majlisga olib borilganida, u yerda imzolanmasdan ushlab turilgan va shartnoma imzolash muddati o‘tib ketgan”, – deydi Baxtiyor Begimqulov.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    U shartnomani imzolash masalasida tadbirkor tomonidan biror bir muddat buzilishi yoki kamchilik o‘tmaganini ta’kidladi.

    Ushbu masala yuzasidan izoh olish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni bilan ham bog‘lanilganda devon rahbari M.Miralimov auksionda yutgan M.Boyeva devonga 3-4 marta kelganini, oshxona binosi Oliy Majlisga tegishliligini, ammo uning ichidagi pechlar va stol-stullar ‘Navro‘z’ restoraniga tegishliligini, ushbu restoran devon oshxonasini devon bilan kelishmasdan o‘zboshimchalik bilan auksionga chiqarib yuborganini, restoran faqat oshxona ichidagi jihozlarga xo‘jayinligini va binoga xo‘jayinlik qilolmasligini bildirdi.

    Shuningdek, auksionda yutgan tadbirkor 20 kun ichida rasmiy xat bilan devonga murojaat qilishi lozim bo‘lgani, biroq tadbirkor tomonidan devonga bunday xat jo‘natilmaganini ta’kidladi.

    Devon rahbari oshxonaning keyingi taqdiri nima bo‘lganiga ham oydinlik kiritdi.

    “Ushbu voqealardan xabar topgan spiker masalani deputatlar hukmiga tashladi. Deputatlar Kengashda istisno tariqasida tender o‘tkazmasdan ‘Navro‘z’ restorani bilan qaytadan shartnoma tuzilsin, deb qaror chiqarishdi. Bu qaror qonuniy kuchga ega. Uni hech kim bekor qilolmaydi.

    Faqatgina 150 nafar deputat ovoz bersagina bekor bo‘lishi mumkin. Shu paytgacha rasmiy marosimlar, rasmiy delegatsiyalar uchun ‘Navro‘z’ restorani xizmat ko‘rsatgani tufayli deputatlarning ovqatlanish masalasini ham ‘Navro‘z’ restoraniga topshirish haqida kengash qarori chiqarildi.

    Mabodo tadbirkor nimadandir norozi bo‘lsa, bemalol sudga murojaat qilishi mumkin”, – deydi M.Miralimov.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Navro‘z” restorani ishonchli hamkor bo‘lsa, unda nega oshxona auksionga qo‘yib yuborilgani bo‘yicha berilgan savolga M.Miralimov yozda “Navro‘z” restorani og‘ir ahvolga tushib qolib, bankrotlik e’lon qilish yoqasiga kelib qolgani, bir muddat o‘tib esa restoran faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilib, oshxonani o‘zlari takroran yuritmoqchi bo‘lganliklarini bildirdi.

    Yuqoridagi fikrlardan shu narsa kelib chiqadiki, “Navro‘z” restorani bankrotlik yoqasiga kelib qolganida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosidagi oshxona auksionga qo‘yilgan, restoran o‘zini tiklab olishi bilan auksionda yutgan boshqa bir tadbirkordan oshxona yana qayta restoranga olib berilgan.

    Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 36-moddasida Qonunchilik palatasi Kengashining vakolatlari sanab o‘tiladi. Ammo sanalgan vakolatlari qatorida bo‘sh turgan davlat obyektlarini istisno tariqasida auksion o‘tkazmasdan biror-bir tadbirkorlik subyektiga shartnoma asosida topshirish haqida qaror chiqarish vakolati nazarda tutilmagan.

    Shuningdek, 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-sonli Prezident farmonining 4-bandida 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish bo‘yicha savdolar “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

    Bundan tashqari, 2020-yil 21-avgustda rasmiylashtirilgan onlayn auksion bayonnomasida oshxona binosini auksionga qo‘yish uchun asos bo‘lgan hujjat sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosidan foydalanish boshqarmasining 2020-yil 29-yanvardagi 18-sonli xati keltirilganini e’tiborga olinsa, Qonunchilik palatasiga tegishli obyekt, ya’ni oshxona binosi “Navro‘z” restorani tomonidan o‘zboshimchalik bilan auksionga chiqarib yuborilgani va bundan Qonunchilik palatasi devonining bexabar bo‘lganligi haqidagi izohlar haqiqatdan yiroq ekani oydinlashadi.

    Avvalroq qashqadaryolik tadbirkor uch kun elektrsiz qolgani sabab olti mingta tovug‘idan ayrilgani hamda tadbirkorlar faoliyatiga aralashgan uch viloyat hokimliklari va IIBlariga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

    01.12.2020, 19:02   Izoh (0)   23354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan, Qo‘qon va Andijonda mashinasida minglab “Lirika” va “Tramadol” olib yurgan shaxslar aniqlandi

    01.12.2020, 18:50

    Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yangi direktor tayinlandi

    01.12.2020, 18:25

    O‘zbekiston bojsiz eksport qilish uchun Yevropa komissiyasidan yangi imtiyoz oldi

    01.12.2020, 18:01

    Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev va To‘qayevni Qozog‘istonning birinchi prezidenti kuni bilan tabrikladi

    01.12.2020, 17:57

    Qozondagi qurilishda 37 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    01.12.2020, 17:49

    Yangiyo‘lda gaz portlashi sabab vayron bo‘lgan xonadon to‘liq ta’mirlanadi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi

    01.12.2020, 16:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 11:59

    Rianna oilasida judolik: xonandaning otasi vafot etdi

    Layfstayl | 3 iyun, 11:51

    Britaniya armiyasi doimiy jangovar shay rejimga o‘tadi

    Dunyo | 3 iyun, 11:48

    O‘zbekiston — Qatar uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi

    Sport | 3 iyun, 11:26

    Metabolizmni tezlashtiruvchi va saratondan himoya qiluvchi 3 mahsulot

    Layfstayl | 3 iyun, 11:26

    O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 11:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.