• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada koronavirus oqibatidagi o‘lim holatlari statistikasi tizimli pasaytirilmoqda

    “Mediazona” va Meduza nashrlari jurnalistlari Rossiyada koronavirus infeksiyasining rivojlanishi haqidagi idoralararo tezkor baza ma’lumotlari bilan tanishib, Rossiyaning ko‘p hududlarida koronavirusdan vafot etganlar haqidagi ma’lumotlar tizimli ravishda kamaytirib ko‘rsatilayapti, degan xulosaga keldi.

    Koronavirus bo‘yicha axborot bazasi (KAM) Rossiyaning barcha 85 ta hududi bo‘yicha kasalxonaga yotqizilganlar, og‘ir kasallar, kasalxonadagi bo‘sh joylar va o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotlardan iborat. Bazadagi o‘limlar haqidagi ma’lumotlar “Stopkoronavirus.rf”ning jamoatchilik uchun ochiq bazasidagi raqamlardan juda katta farq qiladi, deyiladi “Mediazona” va Meduza tadqiqotida.

    Koronavirus oqibatidagi o‘limlar bo‘yicha haqiqiy holatni “Rosstat” ma’lumotlaridan bilib olish mumkin, lekin u yerda ma’lumotlar juda kechikib beriladi. Bu ma’lumotlar “Stopkoronavirus.rf” saytida ko‘rsatilgan o‘limlar soni bilan to‘g‘ri kelmaydi, undagi ko‘rsatkichlar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 4—5 marta ko‘proq.

    Bunday farq, aniqlanishicha, nafaqat jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlarda, balki mansabdorlarning o‘zlari foydalanadigan, jamoatchilik uchun yopiq bo‘lgan rasmiy bazalarda ham bor. Tadqiqot bilan shug‘ullangan jurnalistlar shunday xulosaga keldiki, markaziy hukumat ko‘pincha ko‘plab hududlardagi koronavirus bilan bog‘liq haqiqiy vaziyat haqidagi ishonchli tezkor axborotga ega emas, chunki bu hududlarga doir aniq raqamlar hatto yopiq bazalarda ham ko‘rsatilmaydi.

    “Stopkoronavirus.rf” saytiga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon 30-noyabrgacha Rossiyada 39 895 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan. Ta’kidlanishicha, bu faqat Federal registr bo‘yicha puxtalik bilan saralab olingan holatlar bo‘lib, ularda o‘limning asosiy sababi aynan koronavirus bo‘lgan.

    KAM bazasiga ko‘ra, xuddi shu vaqt mobaynida kasalxonalardagi COVID-19 koykalarida qariyb 75 ming kishi vafot etgan. Aftidan, ularning bir qismi koronavirusga chalinmagan, yana bir qismi — koronavirusni yuqtirgan, lekin u o‘limning asosiy sababi bo‘lmagan. Nihoyat, yana bir qismi bazaga mas’ul shaxslarning xatosi sababli tushib qolgan, chunki bu bazaga mansabdorlar ko‘p ham e’tibor qaratmaydi va u yerdagi ma’lumotlar sifati juda past. “Ammo bu ochiq bazadagi o‘limlar bilan ikki barobar farqni ham, ko‘pchilik hududlarda ikkala baza aniq mos tushishini ham izohlay olmaydi”, — deyiladi tadqiqotda.

    “Rosstat” bazasiga muvofiq (u FHDYolarda o‘lim haqidagi guvohnomalarda ko‘rsatilgan tashxislar bo‘yicha yig‘iladi, FHDYolar esa katta kechikishlar bilan o‘likxonalardan “eng so‘nggi” — barcha tadqiqotlardan keyingi tashxislarni oladi), apreldan sentabrgacha mamlakatda “koronavirus” tashxisli 55,6 ming kishi vafot etgan. Bunda virus o‘limning asosiy sababi bo‘lgan holatlar ham, virus oqibatida boshqa kasalliklar kuchayib, ular natijasida kelib chiqqan o‘lim holatlari ham hisobga olingan. Shunisi aniq-ravshanki, noyabr oxiriga kelib, bunday o‘limlar “Rosstat” bazasida KAM bazasidagidan kam bo‘lmaydi.

    Avval ham shunday edi, deyiladi tadqiqotda: sentabr oxirida (o‘sha paytgacha “Rosstat” 55,6 mingta o‘limni qayd etgan) KAM bazasidagi o‘limlar soni 41,3 mingta bo‘lgan. Aniqrog‘i “Rosstat”ning “koronavirus” tashxisi bilan yuz bergan o‘limlar haqidagi ma’lumotlari Federal registradagi barcha koronavirus o‘limlari yig‘indisiga o‘xshaydi. Manbalar ta’kidlashicha, hukumat aynan shu registr ma’lumotlaridan foydalanadi; to‘g‘ri, ulardan keng jamoatchilik foydalana olmaydi.

    Ortiqcha o‘lim holati bo‘yicha “Rosstat” bazasiga ko‘ra, apreldan sentabrgacha barcha sabablar oqibatidagi o‘limlar 2019-yilning shu davridagidan 116,3 ming kishiga ko‘p bo‘lgan. “Rosstat”ning oktabr bo‘yicha ma’lumotlari yaqin kunlarda e’lon qilinadi. Ammo hozirdanoq oktabr oxirigacha bo‘lgan COVID-19 bilan bog‘liq o‘limlarning umumiy soni kamida 124 ming kishiga baholanmoqda. Noyabrdagi o‘lim darajasini hozircha baholab bo‘lmaydi.

    “O‘lim darajasi haqidagi aniq ma’lumotlarsiz epidemiyaning rivoji haqidagi prognozlarni tuzish hamda cheklovlarni kiritish yoki susaytirishni amalga oshirish kerak bo‘lgan paytlarni aniqlash mumkin emas… Ma’lumotlarning oshkor etilishi (masalan, nafaqat hududlar bo‘yicha, balki yirik shaharlar bo‘yicha ham kasalxonaga yotqizish va o‘lim holatlari haqidagi) ekspertlar hamjamiyati uchun ham zarurdir, ular o‘z model va prognozlarini tuza olgan bo‘lardi, — deya xulosa qiladi jurnalistlar. — Aholiga noto‘g‘ri axborot berish yanada vayronkor oqibatlarga olib keladi: rasmiy ma’lumotlarning kuzatib turilgan voqelikdan farqlanishi odamlarning hukumatga ishonchsizligiga sabab bo‘ladi. Ishonchsizlik, o‘z navbatida, hatto to‘g‘ri asoslangan cheklovlarga rioya qilishdan ommaviy bosh tortishga, yolg‘on xabarlarga qiziqishga olib boradi”.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon ortiqcha o‘lim holati 120 ming kishini tashkil etgan. Bu tezkor shtabning COVID-19 borasidagi ma’lumotlaridan to‘rt barobarga ko‘p
    • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus oqibatidagi o‘lim darajasi “baribir yuqori bo‘lgani”ni ta’kidladi
    • Qozog‘iston prezidenti koronavirusga oid statistikani yashirmaslikka chaqirdi
    • O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 70 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan kamida ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    01.12.2020, 13:45   Izoh (0)   12920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mayya Sandu Moldovadagi Rossiya tinchlikparvarlarini YeXHTning noharbiy missiyasiga almashtirishni taklif qildi

    01.12.2020, 12:48

    Moderna koronavirusga qarshi vaksinani qo‘llash uchun shoshilinch tartibda ariza berdi

    01.12.2020, 11:35

    Bali oroli 2021-yil boshidan turistlar tashrifi uchun ochilishi mumkin

    01.12.2020, 08:58

    Rossiya OTMlari pandemiya tufayli xorijlik talabalarni o‘qishdan chetlashtirmaydi

    01.12.2020, 08:27

    Turkiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari kuchaytirildi

    01.12.2020, 07:42

    JSST uch oy ichida birinchi marta koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha haftalik ko‘rsatkich kamayganini qayd etdi

    01.12.2020, 07:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.