Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud qarorlari ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan 17-noyabr kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakat rahbarining ta’kidlashicha, hokimlar, sektor rahbarlari va mansabdor shaxslar haftada kamida ikki kun hududdagi pandemiyaga oid holat bilan alohida shug‘ullanib, shtab yig‘ilishi o‘tkazishi, muntazam ravishda Respublika maxsus komissiyasiga shaxsan hisobot berishi lozim.

“Odamlar hayotini saqlab qolish uchun keng ko‘lamli choralarni qabul qildik. Yevropada, katta-katta qo‘shnilarimizda nima bo‘lyapti? Shuning uchun har bir viloyat hokimining o‘zi koronavirus masalasi bilan shug‘ullanib, Prezidentga tahlil yozasizlar”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Qator Yevropa davlatlari epidemiologik vaziyat yomonlashgach, karantin choralarini kuchaytirdi. Avstriyada epidemiyaning ikkinchi to‘lqini sabab 17-noyabrdan 6-dekabrga qadar maktablar va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar yopiladi. Fransiya hukumati 1-dekabrga qadar umummilliy karantin e’lon qildi. Germaniyada 2-noyabrdan oy oxiriga qadar yengillashtirilgan tartibdagi lokdaun amalda.

Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda qayd etilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 70 mingdan oshgan, qariyb 68 ming bemor sog‘aygan (96 foiz), 600 ga yaqin odam vafot etgan (0,9 foiz).

Mamlakat rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda koronavirus oqibatida sodir bo‘lgan o‘lim holati “baribir yuqori”.

“Agarda shuni mahkam ushlaganimizda, tajribamiz bo‘lganida edi, tibbiyotimiz tajriba orttirib, o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rganida bunday o‘limlar bo‘lmagan bo‘lardi. Albatta, boshqalarga nisbatan kamroq, lekin har bir fuqaromizning o‘limi ham biz uchun juda katta yo‘qotish. Qarindoshlarimiz, qo‘shnilarimiz va birodarlarimizning ko‘pini yo‘qotdik”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq “Gazeta.uz” nashri Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, koronavirus pandemiyasi sababli O‘zbekistonda iyul oyida o‘limlar soni 26,4 foizga, Toshkent shahrida 2,6 barobarga ko‘paygani haqida yozgan edi. O‘lim holatlari soni oshishiga aynan nima sabab bo‘lgani haqidagi so‘rovga Sog‘liqni saqlash vazirligi hali ham javob bermagan.

Bundan tashqari, Davlat statistika qo‘mitasi so‘nggi yillarda birinchi marta yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistondagi demografik vaziyatga doir axborotnomasiga o‘lim statistikani kiritmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi