Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Merriam-Webster izohli lug‘ati tuzuvchilari “pandemic” (pandemiya) so‘zini 2020-yil so‘zi deb topdi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: ABC News

Foto: ABC News

Bu so‘z lug‘at saytida eng ommabop bo‘lgan. 11-mart kuni, JSST koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qilganidan so‘ng, Merriam-Webster saytida ushbu so‘zni qidirish bir yil avvalgi shu kunga nisbatan 115,806 foizga oshgan.

Lug‘at foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p qidirilgan 11 so‘z orasida quyidagilar bo‘lgan: coronavirus (koronavirus), defund (“moliyalashtirishni qisqartirish”), Mamba (“Mamba”), Kraken (“Kraken”), quarantine (“karantin”), antebellum (“urushdan avvalgi”), schadenfreude (“ichiqoralik”), asemptomatic (“simptomsiz”), irregardless (“...ga qaramay”), icon (“ikona”) va malarkey (“safsata”).

2019-yili Merriam-Webster lug‘ati yil so‘zi deb they (“ular”) so‘zini tanlagan.

Oksford lug‘ati bu yil 16 ta so‘zni yil so‘zi sifatida tanlab oldi. Ular orasida “pandemiya” so‘zi yo‘q, ammo COVID bilan bog‘liq boshqa so‘zlar mavjud, masalan, “koronavirus” va “lokdaun”. Shuningdek, Oksford lug‘ati ro‘yxatiga pandemiya bilan bog'liq bo‘lmagan so‘zlar ham kiritilgan, masalan, “bekor qilish madaniyati” va “beloruslik”.

Avvalroq ingliz tilining yana bir nufuzli lug‘ati Collins English Dictionary 2020-yilning asosiy so‘zi sifatida lockdown’ni tanlagandi. Buyuk Britaniyaning Collins lug‘ati “lokdaun”ni yil so‘zi deb topgan. Rossiyada esa “samoizolyatsiya” 2020-yil so‘zi deb topildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi