Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida hududni rivojlantirish loyihasi doirasida bir vaqtning o‘zida to‘rtta osmono‘par bino portlatildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Meena Plaza Tower majmuasining to‘rtta binosi buzilishga tushdi. Binolarning jami balandligi 144 qavatni tashkil etadi.
Mahalliy hukumat ma’lum qilishicha, portlatishlar eng yuqori xalqaro xavfsizlik standartlariga rioya qilgan holda amalga oshirilgan. Binolarni buzish uchun bor-yo‘g‘i 10 soniyacha vaqt kifoya qilgan.
Binolar ancha vaqtdan buyon foydalanilmagan, ularning o‘rnida esa portga olib boruvchi yo‘l yotqiziladi.
Abu-Dabidagi ushbu portlash odam tomonidan boshqarilgan dunyodagi eng xavfsiz portlatish sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi.
Izoh (0)