Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ingliz tilining Collins English Dictionary izohli lug‘ati tuzuvchilari lockdown (lokdaun) so‘zini 2020-yil so‘zi deb topdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

Lug‘at tuzuvchilar o‘z tanlovini yil so‘zi nomiga yana bir nomzod — coronavirus (koronavirus) so‘zidan foydalanish 2020-yilda 35 000 marta oshgan bo‘lsa ham, odamlar hayotiga kasallikning o‘zi emas, uning ijtimoiy oqibatlari ta’sir ko‘rsatgani bilan izohlagan.

Lug‘atda “lokdaun” so‘zining ma‘nosi “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qat‘iy cheklov qo‘yish” deb izohlangan.

Qisqa ro‘yxatda, shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq yana beshta so‘z o‘rin olgan — coronavirus, social distancing (ijtimoiy masofalanish), self-isolate (o‘zini yakkalash), furlough (majburiy maosh to‘lanadigan ta’til) va keyworkers (almashtirib bo‘lmaydigan xodimlar)

Ro‘yxatdagi faqat to‘rtta so‘zning koronavirusga aloqasi yo‘q. Bular Megxit, tiktoker, mukbang va BLM (Black Lives Matter).

Eslatib o‘tamiz, Collins English Dictionary mualliflari guruhi iqlim zarbasi (climate strike) birikmasini 2019-yil so‘zi deb topgandi.  Ushbu so‘z birikmasidan foydalanish shvetsiyalik 16 yoshli o‘smir Greta Tunbergning faolligi tufayli 100 baravar ko‘paygandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi