United Airlines aviakompaniyasi koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini AQSh va Yevropa omborlarida yetkazishni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tegishli organlar dori vositasini tasdiqlaganidan so‘ng, imkoni boricha aholini tezroq vaksinatsiyadan o‘tkazish uchun amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, vaksinalar Michigan shtatidagi va Belgiyadagi omborlarga yetkazilmoqda. Keyinroq Viskonsin va Germaniyaga ham shu kabi yetkazib berishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Vaksinani yetkazib berish uchun aviakompaniya qonunda belgilanganidan besh barobar ko‘proq (6,8 tonna) quruq muzni tashishga ruxsat so‘ragan. Bu samolyot bortida vaksinani saqlash uchun xavfsiz haroratni ta’minlash uchun zarur.
Avvalroq AQShning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19’ga qarshi vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu vaksinaning dozasi AQSh uchun 19,5 dollarni tashkil etadi (ikkala komponentning qabul qilinishi 39 dollarga tushadi), boshqa bir Amerika kompaniyasi Moderna vaksinasining bir dozasi narxi esa 25-37 dollarni tashkil qiladi.Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi samaradorligi 95 foizdan oshgani ma’lum qilingan. Uning ikkita dozasi narxi xalqaro bozor uchun, taxminan, 20 dollarni tashkil qiladi, rossiyaliklar uchun vaksina bepul bo‘ladi.
Izoh (0)