• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    “O‘lim sotuvchisi o‘ldi”. 27-noyabr – Nobel vasiyati imzolanganiga 125 yil bo‘ldi

    Alfred Nobelning dinamit deb nomlangan ixtirosidan keyin uni odamlar “o‘lim sotuvchisi” deb atay boshlaydi. Endi u o‘limidan keyin ham o‘zini shunday salbiy sifat bilan eslamasliklarini istab qoladi va orttirgan mol-mulkini ilm-fan rivoji uchun vasiyat qilishga qaror qiladi va 1895-yilning 27-noyabr kuni o‘z vasiyatini yozib qo‘yadi. Bugun o‘sha vasiyat yozilganiga roppa-rosa 125 yil bo‘ldi. “Daryo” sana munosabati bilan Nobel mukofoti tarixi haqida hikoya qiladi. 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shved ixtirochisi Alfred Nobelni portlovchi moddalar orasida katta bo‘lgan deyish mumkin. Uning otasi Emmanuel Nobel o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiy korxonasida nitroglitserin moddasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Lekin nitroglitserin ishlab chiqarish jarayoni juda xatarli bo‘lib, Alfred Nobelning ukasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, ya’ni tasodifiy portlash tufayli vafot etgan edi.

    Shunda Alfred Nobel nitroglitserinni xavfsiz usulda ishlab chiqarish yo‘llarini qidira boshladi. U kizelgur deb nomlanuvchi yengil g‘ovak jinslardan iborat maxsus infuzor tuproqni qo‘llash orqali muammoni hal qildi. U ushbu yangi ixtirosiga dinamit deb nom berdi. So‘zning ma’nosi yunoncha dynamis – “kuch”, “qudrat” degan so‘zlarga borib taqaladi. Dinamit moddasini ishlab chiqarish va boshqa ixtirolarining orqasidan Alfred Nobel salmoqli boylik orttirgan edi.

    Nobel o‘zi ushbu portlovchi moddani xavfsiz qilish uchun harakat qilib kelgan, bu portlovchi moddani  tog‘-kon ishlarida va boshqa tinch maqsadlarda qo‘llanishini istagan edi. Shunday bo‘lsa-da, dinamit turli qora kuchlar tomonidan baribir yovuz niyatlarda ham, ya’ni inson o‘limiga sabab bo‘ladigan maqsadlarda ham foydalanilardi. Shu sababli omma orasida Nobelni “o‘lim sotuvchisi” deb atashdi. Hozir esa biz uni dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot ta’sischisi sifatida yodga olamiz. Chunki u o‘z boyligini ilm-fan uchun vasiyat qilib ketganini hamma yaxshi biladi!

    Aytilishicha, Nobel o‘z mablag‘ini bu tarzda ilm-fan uchun vasiyat qilib qoldirish fikriga matbuot muxbirlarining yanglish maqolasi sabab bo‘lgan ekan. Gap shundaki, 1888-yilda Nobelning ukasi vafot etadi. Bu haqida xabar chop etgan gazetalardan birida muxbirlar zaharxanda aralash “O‘lim sotuvchisi o‘ldi”, degan sarlavha bilan maqola chiqargan, ular yanglishib Alfred Nobelni vafot etdi deb o‘ylashgan edi. Buni o‘qigan Alfred Nobel esa o‘limidan keyin ham o‘zini shunday salbiy sifat bilan eslamasliklarini istab qoladi va o‘zi orttirgan mol-mulkni ilm-fan rivoji uchun vasiyat qilishga qaror qiladi. U o‘sha mashhur vasiyatini 1895-yilning 27-noyabr kuni yozib qo‘yadi. Mana, bugun o‘sha vasiyat yozilganiga roppa-rosa 125 yil bo‘ldi!

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Vasiyatda Nobel o‘zi orttirgan kapitalni qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishiga o‘tkazilishini va uning qiymatlaridan maxsus fond tashkil qilinib, olingan yillik daromadlari teng besh qismga bo‘linishi kerakligini tayinlaydi. Ushbu besh qism mablag‘ o‘tgan yil mobaynida kimyo, fizika, fiziologiya va tibbiyot sohalarida katta ixtiro va kashfiyotlar qilgan olimlarga, shuningdek, adabiyot hamda tinchlik sohalarida ulkan ishlarni amalga oshirgan atoqli shaxslarga topshirilishi kerakligini ta’kidlaydi. U vasiyatining yakuniy qismida mukofotni olish uchun nomzodning millati ahamiyat kasb etmasligi kerakligini, ya’ni nomzodning millatidan qat’i nazar, uning xizmatlari e’tirof etilishi kerakligini alohida urg‘u berib ta’kidlagan edi.

    Alfred Nobel ushbu vasiyatni imzolaganidan keyin uzoq yashamadi. 1896-yilning 10-dekabrida, atigi bir yildan sal ko‘p vaqt o‘tgach insult oqibatida vafot etdi. Nobelning muhrlangan vasiyati 1897-yilning yanvarida o‘qib eshittirildi va o‘shandan boshlab, 10-dekabr – Nobelning vafot etgan sanasi Nobel kuni deb e’lon qilindi. Shu kuni Stokgolmda shved qiroli ishtirokida Nobel mukofoti o‘z egalariga topshirildi. Mukofot jamg‘armasi turli yillarda o‘zgarib tursa-da, lekin taxminan bir million AQSh dollari atrofidagi summani tashkil qiladi.

    Mukofot pul mablag‘laridan tashqari, laureatga Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal va uning yorlig‘i ham taqdim etiladi. Albatta, mukofotni topshirish jarayoni katta tantanali bazm ko‘rinishida, dabdaba bilan o‘tkaziladi va OAVlar tomonidan keng yoritiladi. 2020-yilgi Nobel mukofoti egalari an’anaga muvofiq oktabrdagi Nobel haftaligida e’lon qilingan bo‘lsa-da, mukofot qo‘mitasining qaroriga muvofiq, pandemiya sababli bu yilgi topshirish marosimi bekor qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilgi Nobel laureatlariga o‘z mukofotlari 2021-yildagi marosimda topshiriladi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    27.11.2020, 19:34   Izoh (0)   26339
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus faolligini so‘ndiruvchi damlama nomi ma’lum bo‘ldi

    22.11.2020, 11:55

    NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)

    19.11.2020, 10:00

    Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi

    16.11.2020, 07:29

    Amerikalik olimlar: “Koronavirus mutatsiyaga uchradi, biroq uning xavflilik darajasi ortmagan”

    14.11.2020, 18:59

    Olimlar koronavirusning eng aniq 3D modelini yaratdi

    12.11.2020, 10:58

    Yaponiyada ko‘rshapalaklarning 7 yil avval olingan biomaterialida SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus topildi

    09.11.2020, 08:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar saratonga qarshi “universal” vaksina ishlab chiqdi

    Dunyo | 22 iyul, 11:38

    Qirg‘izistondagi YTHda 18 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 11:22

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Ruxshona, qoidabuzar Shahlo Zoirova, “Qalpoq”chilar Jo‘rabek Norqulovni xotirladi

    Madaniyat | 22 iyul, 11:17

    Polshada yirik neft va gaz koni topildi

    Dunyo | 22 iyul, 11:04

    Jigarni asrashga yordam beruvchi 7 ta oson tayyorlanadigan ichimlik

    Retseptlar | 22 iyul, 10:51

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 10:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.