Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i – Toshkent shahar hokimining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kozimjon Hasanov 1978-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1997-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2000-yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U turli yillarda Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi o‘quv ishlari koordinatori, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxus, kasb-hunar ta’limi markazi va qator xususiy maktablarda rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.
“Kun.uz”ning yozishicha, u shu vaqtga qadar Artel Technical School xususiy maktabi direktori lavozimida ishlagan.
Izoh (0)