• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Elektron kundalik bu bepul ta’lim olish huquqini cheklamaydi” – Xalq ta’limi vazirligi

    Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova maxsus brifing orqali ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan elektron kundalik masalasidagi qator savollarga javob berdi.

    “O‘zbekistonda har kim bepul ta’lim olish huquqiga ega. Elektron kundalik uchun to‘lov bolaning bu huquqini cheklamaydimi?” degan savolga XTV rasmiysi “Yo‘q” deya javob berdi.

    “Yo‘q, cheklamaydi. Sababi kundalik yoki boshqa o‘quv anjomlari maktab tomonidan bepul berilmaydi. Ota-onalar har doim o‘z farzandlari uchun zarur barcha narsalarni o‘zlari xarid qilib kelishgan.

    Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qog‘oz kundalikdan voz kechilmoqda. Bunda qog‘ozli kundalikning o‘rtacha bahosi hisobi olinib, uning elektron muqobili uchun yillik obuna 9200 so‘mga baholanmoqda.

    Shularni inobatga olib, Xalq ta’limi vazirligi 2020/2021-o‘quv yili boshlanishidan oldin elektron kundalik joriy etilayotgan maktablarning ota-onalariga qog‘oz kundalik sotib olmaslikni so‘rab murojaat qilgan”, – dedi Laylo Rustamova.

    Uning aytishicha, kundalikning elektron talqini ota-onaga va bolaning boshqa yaqinlariga darslarni, uy vazifalarni, bolalarning davomatini uydan chiqmasdan turib, ishdan chalg‘imagan holda va hatto chet elda turib ham nazorat qilish imkoniyatini beradi.

    “Ushbu kundalik yordamida ota-onada bolaning uy vazifasi, davomati, sharhlar, baholar, maktab hayotidan doimiy xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud. Agar uy vazifasini bajarish jarayonida bolada savol tug‘ilsa, u o‘qituvchisiga tizim orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishi ham mumkin. O‘qituvchi esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarga qo‘shimcha o‘quv materialini taqdim etishi, video darsiga havola yuborishi mumkin bo‘ladi”, – dedi vazirlik rasmiysi.

    Shuningdek, Laylo Rustamova ota-onalarda tanlash huquqi borligini ta’kidladi.

    “Ular ushbu tizim orqali farzandlarining bilim olish darajasini nazorat qilishi va bu bilan uning sifatini oshirib borishi yoki elektron kundalikdan voz kechgan holda bolaning baholarini maktabga borganda bilib turishlari mumkin. Hech kimga hech qanday majburiy talab yo‘q.

    Bilamizki, hech qanday yangilik osonlik bilan qabul qilinmaydi. Lekin aytish joizki, elektron kundalikning afzalliklari juda ko‘p. Bu birinchi navbatda o‘qituvchining vaqtini tejashdir. O‘qituvchilar endilikda qog‘oz jurnalini to‘ldiradigan vaqtini o‘zi va o‘quvchilari ustida ishlashga sarflashi mumkin bo‘ladi.

    Ko‘p yillar davomida elektron jurnal va kundalik qo‘llanilayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar uning yordami bilan har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejay oladi”, – dedi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Laylo Rustamova.

    Shuningdek, vazirlik vakilining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda bugungi kunga qadar elektron Kundalik tizimida ro‘yxatdan o‘tgan maktablar soni 1557 ta bo‘lib, shundan 1482 ta maktab qog‘oz jurnal va kundalikdan butunlay voz kechgan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, elektron obuna uchun 9200 so‘m bo‘lgan to‘lovni 30-noyabrdan e’tiboran amalga oshirish mumkin.

    “23-noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boshlangan. Ota-onalarga o‘zlarining profillaridan kirish va barcha farzandlarining kundaliklarini ko‘ra olayotganliklarini tekshirishlari tavsiya etiladi”, – dedi vazirlik vakili.

    Elektron kundalik xorijiy kompaniyaniki bo‘lsa, bu bolalarning ma’lumotlarini xavfga qo‘ymaydimi? Ushbu savolga Laylo Rustamova quyidagicha javob berdi.

    “Elektron kundalik foydalanuvchilari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar “O‘zbektelekom” serverlarida saqlanadi. Bu esa, o‘quv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari ishonchli himoyasini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Kundalik.com TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, platforma bilan ishlashda uyali aloqa operatorlari orqali foydalanilganda internet-trafik sarflanmaydi.

    Agar elektron kundalikni qo‘llash bo‘yicha savollar yuzaga kelsa, ularga javoblarni kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga +998 (78) 888-82-82 raqami orqali murojaat qilgan holda olish mumkin”, – deydi Laylo Rustamova.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tizimda aniqlanayotgan kamomadlar yuzasidan izoh berdi
    • O‘zbekistonda qancha xususiy maktab faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi

    25.11.2020, 10:42   Izoh (0)   18034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent hokimiyati 1 mlrd so‘mga Prezident portretlarini sotib olgan

    25.11.2020, 10:09

    Gulistonda fuqarolarga 1100 dollar evaziga C va E toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    25.11.2020, 09:19

    Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urgani aytilgan Toshkent viloyati YHXB xodimi ishdan bo‘shatildi

    25.11.2020, 08:56

    Toshkent viloyatida noqonuniy poyga uyushtirgan haydovchilarga chora ko‘rildi

    25.11.2020, 08:44

    “ ‘Qizil’dan chiqmaganlar yil yakunigacha ketadi”. Shavkat Mirziyoyev ish o‘rni yaratish rejasini bajarmagan hokimlar lavozimidan ozod etilishini aytdi

    25.11.2020, 08:08

    Koronavirusga chalingan bemorlar kamaygani sababli Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda

    25.11.2020, 07:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.