• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusga qarshi samaradorligi e’tirof etilgan ikki vaksina. Ular haqida nimalarni bilish kerak?

    Sciencealert saytida koronavirusga qarshi samaradorligi isbotlangan ikkita vaksina haqidagi mulohazalar bayon etilgan maqola e’lon qilindi. “Daryo” ushbu maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Yana bir vaksina sinovining ijobiy natijalari haqidagi xabarlarni eshitish yoqimli bo‘ldi, yaxshi vaksina bu – pandemiyaga chek qo‘yishning katta imkoniyati hisoblanadi. O‘tgan haftada Pfizer kompaniyasining e’lon qilgan oraliq natijalariga ko‘ra, uning vaksinasi COVID-19 ga qarshi 90 foiz samara berishini ko‘rsatdi. Keyin esa o‘z natijasi bilan Moderna ham yetib keldi: uning oraliq natijasi vaksinaning deyarli 95 foiz samaradorligini ko‘rsatgan va aytilishicha, u kasallikning og‘ir shaklidan ham himoya qila olar ekan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ulardan hech biri vaksina xavfsizligi borasidagi biror jiddiy muammolar haqida xabar bermadi va ularni hali o‘n minglab ko‘ngillilarda sinab ham ko‘rmadi. Hozirda COVID-19’ga qarshi juda ko‘plab vaksinalar sinovdan o‘tayotgani sababli yaqin oylar ichida katta ehtimol bilan yana yangi natijalar olinsa kerak. Sarlavhalarda yuqoridagi singari raqamlar diqqatni tortadi, lekin bunday natijalar aslida nimani anglatishini yaxshi tushunib olish uchun masalaga chuqurroq qarash kerak.

    Shuni inobatga olgan holda, har qanday vaksinaning natijadorligi haqidagi xabarlarga nisbatan quyidagi olti savolni albatta qo‘yib ko‘rish kerak:

    Bu vaksina xavfsiz deganimi?

    Agar u minglab ko‘ngillilar ishtirokidagi dastlabki uch bosqich sinovlardan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, demak, katta ehtimol bilan bu savolga “ha” deb javob berish mumkin. Xavfsizlik borasida jiddiy shubhalar paydo bo‘lsa, vaksinalar sinovi bunchalik uzoqqa bormasdi. Avvallari farmatsevtika kompaniyalari salbiy natijalarni yashirishga muvaffaq ham bo‘lardi, hozirda qoidalarga ko‘ra, barcha sinov natijalarini oshkora e’lon qilinishi shart va ularni boshqa tadqiqotchilar ham kuzata olishi zarur.

    Shu sababdan hozirda bu yo‘nalishga ishonch avvalgidan ko‘ra ancha ortgan; shunga qaramay, gap faqat oraliq natijalar haqida borayotgan bo‘lsa, baribir ehtiyotkorroq bo‘lgan ma’qul. Ayrim odamlar COVID-19’ga qarshi vaksinalar misli ko‘rinmagan jadallikda ishlab chiqilayotganidan xavotirga tushmoqda. Lekin bu jarayonlarning katta qismi kuchli xavfsizlik profillariga ega bo‘lgan platformali texnologiyalar vositasida yaratilmoqda.

    Jarayonda yangi texnologiyalardan ham foydalanilyapti, lekin klinik sinov jarayonlari va uning ustidan nazorat o‘ta jiddiy bo‘lib, ko‘plab nojo‘ya ta’sirlarni sinov amaliyotlarining eng dastlabki bosqichlaridayoq aniqlash imkonini beradi. Vaksinaning uzoq muddatli ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlari haqida hozirdan bir narsa deyish qiyin, lekin vaksinalar uchun uzoq muddatli nojo‘ya ta’sirlar kamdan-kam uchraydi hamda va vaksinaning xatari ushbu vaksina qarshi emlanadigan kasallikning xataridan past (bexatarroq) bo‘ladi.

    Sarlavhalardagi raqamlar sinovlarning asl ko‘rsatkichlarini ifodalaydimi?

    Sinov davomida ko‘plab ko‘rsatkichlar qayd etiladi, lekin ushbu sinovdan ko‘zlangan birlamchi maqsad yoki javob olinishi kerak bo‘lgan asosiy savol mavjud bo‘ladi.

    Sinovlar mobaynida bir qator ikkinchi darajali tadqiqot masalalari ham ko‘riladi, ularning natijalari esa tadqiqotning muvaffaqiyati belgisi hisoblanmaydi. Siz yetarlicha ko‘p sonli sinovlarni bajarsangiz, ulardan bir nechtasi tasodifan bo‘lsa ham ko‘zlangan natijani berib qoladi. Sinov tadqiqotlari mobaynidagi bu kabi og‘ishlar p-hacking deb yuritiladi. Siz har qanday sinov tadqiqotlarining asosiy va ikkilamchi maqsadlari haqida klinik tadqiqotlar reyestridan bilib olishingiz mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu kabi ko‘rsatkichlar hozircha faqat oraliq natijalar ekani muhim. Pfizer va Moderna singarilarning natijasi ko‘p narsa va’da qilayotgandek tuyulsa ham, hali bu degani ular yakuniy muvaffaqiyatni kafolatlamaydi.

    Sinovlar o‘zi to‘g‘ri olib borilganmi?

    Ko‘plab kasalliklarda, muayyan dorining asli va ta’sir qiluvchisi orasidagi tafovutni ilg‘ash qiyin bo‘ladi. Lekin vaksina borasida bu savolning javobi ancha oddiy: vaksinatsiya qilingan odamlarga kasallik yuqdimi yoki yo‘qmi – shu xolos. Masalaning boshqa tafsilotlariga ehtiyotkorroq munosabatda bo‘lgan yaxshi.

    Vaksina kimlarda sinab ko‘rildi?

    Sinov natijalarini real hayotga ko‘chirish mumkinmi? Bu o‘rinda, populyatsiya (COVID-19  bilan kasallanishi mumkin bo‘lgan barcha odamlar) va ushbu populyatsiya ichidan sinovlarda qatnashish uchun saralab olingan odamlar orasidagi farqni tushunish muhim. Ko‘p hollarda sinovlarda sinchiklab saralab olingan ikkita guruh ishtirok etadi va shu sababli, ularni o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Ular jiddiy nazoratga olinadi.

    Bir guruhga vaksina yuboriladi. Boshqasiga esa platsebo (masalan, fiziologik eritma inyeksiya qilinadi yoki boshqa kasallik uchun ishlab chiqilgan vaksina) qilinadi va sinov ishtirokchilari o‘zlarini vaksinatsiyalangan deb hisoblay boshlaydi, shundan keyin vaksina va platseboning ularga ta’siri kuzatiladi. Dastlabki bosqich tadqiqotlarda xavfsizlik nuqtayi nazaridan ishtirokchilar yosh va sog‘lom odamlardan saralab olinadi va shu sababli, bu guruhni umumiy aholi miqdori uchun namuna sifatida qabul qilish o‘rinli bo‘lmaydi.

    Biroq sinovlarning keyingi bosqichlari mobaynida tadqiqotchilar aholining turli qatlamlaridan olingan vakillar ishtirokida tadqiqotlar olib borishga harakat qiladi. Shu sababli ham yakunlovchi – uchinchi bosqich tadqiqotlar juda muhimdir, chunki bu bosqichda vaksina populyatsiyaning barcha qatlami uchun mo‘ljallangan tarzda sinab ko‘riladi.

    Tadqiqotlarning rasmiy natijalari sinovda ishtirok etgan kishilarning ro‘yxatidan iborat jadval ko‘rinishida bo‘ladi va ko‘pincha (yoshi, jinsi va hokazolariga ko‘ra) turli aholi qatlamlari uchun samaradorlik ko‘rsatkichlarini taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Afsuski, aytilgan o‘sha 95 foiz samaradorlik ko‘rsatkichini aholining barcha qatlamlari uchun birdek taalluqli deb bo‘lmaydi. Bu esa COVID-19 borasida juda muhimdir. Bizga ma’lumki, bu kasallik katta yoshdagilar uchun xatarliroqdir. Shu sababli ham yosh toifasiga ko‘ra samaradorlik ko‘rsatkichlari e’lon qilinmasidan oldin yuqoridagi kabi natijalarning tafsilotlariga chuqur kirishmagan yaxshi.

    Vaksinani qo‘llasa bo‘laveradimi?

    Xursand bo‘lishdan avval bir necha amaliy savollarga javob olish kerak. Avvalo, vaksinaning narxi qanday bo‘ladi? Uni ulgurji xarid qilish mumkinmi? Uni tashish va saqlash oson bo‘ladimi? Nechta buster kerak bo‘ladi?

    Shu singari logistik muammolar (masalan, o‘ta past haroratlarda tashish va saqlash zaruriyati singari) yangi vaksinaning klinikalarga yetib kelishi yo‘liga osongina to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin.

    Vaksina haqidagi xabarlarga ishonsa bo‘ladimi?

    Ishonchli va ishonarsiz axborot manbalarini farqlay olish layoqati borgan sari muhim bo‘lib bormoqda. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda yuzaki gaplar tarqaladi va ular dezinformatsiyaga moyilroq bo‘ladi. Boshqa tarafdan esa ilmiy jurnallardagi maqolalarni va klinik tadqiqotlar reyestri kabi ma’lumotlarni mutaxassis bo‘lmagan odamlarning tushunishi qiyin bo‘ladi.

    Bu savolning javobi – ishonchli jurnalistikadir. Tahririyat nazorati ostida chiqadigan va ishonchli ilmiy va tibbiy hisobotlarni berib boradigan manbalarni izlang. Bitta material bilan cheklanib qolmaslik, balki turli maqolalarni o‘qib, taqqoslab ko‘rish sizga mo‘tadil xolis tasavvur hosil qilish uchun yordam beradi. Berilayotgan xabarni jurnalist qayerdan olgani bilan qiziqib ko‘rish ham muhimdir.

    Taqrizlanadigan jurnallardan olingan ma’lumotlar bo‘lsa, bu yaxshi belgi bo‘lib, bunday jurnallardan keltirilgan iqtibos va havolalar faktlarning sinchiklab tekshirilganiga dalolat qiladi. Ma’lumotlar keltirilayotgan manba pereprintlardan iborat bo‘lsa (ya’ni hali taqriz qilinmagan maqolalar bo‘lsa) yoki kompaniyalarning press-relizlari singari “kulrang manba” deb ataladigan manbalardan iborat bo‘lsa, undan ehtiyot bo‘lish kerak.

    Axborotning asosiy manbayi bu – doktorlik darajasiga ega bo‘lgan shaxslarning yoki lavozimi jimjimador nomga ega bo‘lgan odamlarning intervyusi shaklida bo‘lsa ham ehtiyot bo‘lish kerak. Biror olimning intervyuda aytgan gaplari o‘sha olimning taqrizlanadigan akademik jurnalda chiqargan ilmiy maqolasiga muqobil bo‘la olmaydi.

    23.11.2020, 18:34   Izoh (0)   61228
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chexiya Yevroittifoqda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi

    23.11.2020, 18:10

    Nyu-Yorkdagi ko‘chma morglarda yuzlab odamlarning jasadi bahordan beri saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

    23.11.2020, 17:36

    AstraZeneca’ning koronavirusga qarshi vaksinasi 70 foizga samarador bo‘lib chiqdi. Uni boshqa kompaniyalarning vaksinasiga qaraganda saqlash oson

    23.11.2020, 17:12

    Putin Tog‘li Qorabog‘ning maqomiga ta’rif berdi

    23.11.2020, 16:11

    Rossiyada birinchi marta sutka davomida 25 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    23.11.2020, 15:34

    AQShda aholini COVID-19’ga qarshi emlash 11-dekabrda boshlanishi mumkin

    23.11.2020, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.