• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevroittifoqqa qo‘shilish uchun Makedoniya Gretsiyaga yon bosib, o‘z nomini o‘zgartirdi. Endi Bolgariya undan makedon tilini qayta nomlashni talab qilmoqda

    Bolgariya Shimoliya Makedoniyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi haqidagi rasmiy muzokaralarni boshlashga to‘sqinlik qilmoqda, deb yozadi Meduza. Bu haqda 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevroittifoq Kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha e’lon qilindi. Bolgariyaning qat’iy talab qilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida tarixiy va tilga oid masalalar hal bo‘lmagunicha, Shimoliy Makedoniya hamjamiyatning bir bo‘lagi bo‘lishi kerak emas.

    Foto: LETA

    Foto: LETA

    Bolgarlar va makedonlar — qardosh xalq. Shu sababli ularning tarixiy qahramonlarni bo‘lishib olishi qiyin

    Bolgarlar va makedonlar janubiy slavyanlarning janubiy guruhiga oid hozirda mavjud bo‘lgan yagona elatlardir.

    Zamonaviy makedonlar — Aleksandr Makedonskiyning avlodlari emas

    “Makedonlar” so‘zi qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, “balandlar” degan ma’noni anglatadi. Eng mashhur hukmdori Aleksandr Makedonskiy bo‘lgan qirollikning aynan antik nomi oxir-oqibat Janubiy Bolqondan Egey dengizi qirg‘oqlarigacha bo‘lgan butun geografik mintaqa nomiga aylandi. O‘rta asrlarda u yerda slavyan qabilalari yashardi, hozirgi Shimoliy Makedoniya hududi esa (u ancha kichik) Bolgariya va Serbiya qirolliklarining, keyinroq esa Vizantiya va Usmonlilar imperiyasining bir qismi bo‘lgan.

    Makedoniyaga kelib joylashgan slavyanlar XIX va XX asrlar oralig‘ida o‘zlarini “makedonlar” deb atay boshladi, o‘sha vaqtda Usmonlilar hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati ko‘tarilayotgan edi. Ayni vaqtda Makedoniya hududida turklarga qarshi qo‘zg‘olonlarning ko‘pchilik yetakchilar o‘zlarini bolgarlar deb atardi. Hozir ikkala mamlakat ham bu odamlarni o‘z milliy qahramonlari sifatida e’tirof etadi — va bunday “umumiy foydalanish” Bolgariya hukumatiga yoqmayapti.

    Usmonlilar imperiyasi qulaganidan keyin hozirgi Shimoliy Makedoniya hududi Yugoslaviya qirolligi tarkibiga kirdi; mamlakat hukumati o‘shanda makedon slavyanlarni alohida xalq deb ajratmasdan, ularni yo serblar, yo bolgarlar qatoriga qo‘shardi. Makedonlar Ikkinchi jahon urushidan keyingina millat sifatida shakllandi — o‘shanda sotsialistik Yugoslaviya tarkibida alohida Makedoniya Respublikasi paydo bo‘ldi. Shundan keyin darhol makedon adabiy tili birinchi marta kodifikatsiya qilindi.

    Bolgariya nuqtayi nazaridan, bu bolgar etnosiga qarshi yo‘naltirilgan siyosiy qaror edi — shu bilan bir vaqtda Yugoslaviya hukumati mintaqa aholisidan bolgar xalqiga mansublikdan voz kechib, makedoncha mansublikni tanlashni talab qildi.

    Bolgariya hukumati fikricha, qo‘shni mamlakatda hozir ham sotsializm davrida qolib ketgan “aksilbolgar mafkurasi”dan vo kechilgani yo‘q. Shimoliy Makedoniyadan urushdan keyin bolgarlarga mansubligi uchun ta’qib qilingan odamlarni rasman oqlash, shuningdek, Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan yodgorliklardan “bolgar fashist istilochilari” haqidagi yozuvlarni olib tashlash (urush yillarida Bolgariya natsistlar Germaniyasining ittifoqdoshi bo‘lgan) talab qilinmoqda.

    Shuningdek, Shimoliy Makedoniya Bolgariyada makedon ozchiligi borligi haqidagi gaplaridan voz kechishi kerak (Sofiya ularning bolgarlar ekanligini da’vo qilmoqda). Bolgariyaning o‘zida makedon tili bolgar tilining shevalaridan biri hisoblanadi, va bu mamlakat hukumati boshqa talablar bilan bir qatorda, “makedon tili” tushunchasi Yevroittifoq hujjatlarida aks etmasligini (uni “Shimoliy Makedoniya Respublikasining rasmiy tili” deb o‘zgartirish taklif etilmoqda) yoki bu shunchaki Shimoliy Makedoniya Konstitutsiyasidan olingan termin ekanligi haqidagi izoh bilan tilga olinishini ilgari surmoqda.

    Bolgariyaning qat’iy pozitsiyasi ichki inqiroz oqibati yoki Yevroittifoqdan qo‘shimcha yordam olish istagi sababli bo‘lishi mumkin

    2017-yilda Shimoliy Makedoniya (o‘sha vaqtda Makedoniya Respublikasi deb atalar edi) va Bolgariya do‘stlik haqida bitim imzoladi, u XIX va XX asrga oid tarix masalalari bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishni ham ko‘zda tutardi. Shundan keyin maxsus komissiya tuzildi, ammo uning faoliyati haligacha hech qanday natija keltirgani yo‘q.

    Bolgariyaning joriy pozitsiyasi keskin bo‘lishi mamlakat ichidagi muammolar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin: u yerda uch oydan buyon bosh vazir Boyko Borisov va bosh prokuror Ivan Geshevning iste’fosini talab qilayotgan keng ko‘lamli namoyishlar davom etmoqda, ular oligarxlar bilan aloqadorlikda va korrupsiyada ayblanmoqda. Kelasi yili Bolgariyada saylovlar bo‘lib o‘tadi, va “tarixiy adolat himoyasi” amaldagi hukumatga qo‘shimcha tarafdorlar keltirishi va koronavirus tufayli pasayib borayotgan iqtisodiyotdan e’tiborni chalg‘itishi mumkin.

    Ayni vaqtda Yevroittifoq uchun Shimoliy Makedoniyaning qo‘shilishi butun G‘arbiy Bolqon integratsiyasining bir qismi sifatida muhim. Shu sababli Bolgariyaning keskin boshlang‘ich pozitsiyasi shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinki, keyingi muzokaralar doirasida talablarining bir qismidan voz kechish evaziga mamlakat Yevroittifoqdan qo‘shimcha moliyaviy ko‘makka erishishni ko‘zlamoqda.

    Shimoliy Makedoniyaning o‘zida va Yevroittifoqda raislik qiluvchi Germaniyada muzokaralarni boshlash haqidagi kelishuvlarga yil oxirigacha erishish mumkinligiga umid qilishmoqda.

    Shimoliy Makedoniya Gretsiya bilan ham shunday kelishmovchiliklarni boshidan kechirgan. Shu sababli mamlakat nomini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan

    Makedoniya Yevroittifoqqa qo‘shilish haqida 2004-yildayoq ariza bergan, ammo ittifoqning yana bir mamlakati — Gretsiyaning noroziligi tufayli, jarayon uzoq vaqt boshlanmay turavergan. Uning pozitsiyasi ham tarixiy masalalarga bog‘liq bo‘lgan.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Afinaning da’vosi mamlakat nomiga tegishli bo‘lgan: 1991-yilda mustaqillik e’lon qilingach, u Makedoniya Respublikasi deb nom oldi. Hududida Makedoniya tarixiy-geografik viloyatining katta qismi joylashgan Gretsiya hukumati Makedoniya Respublikasi mintaqaning Gretsiyadagi qismiga hududiy da’vogarlik qilishi uchun asoslarga ega bo‘lishidan xavfsiradi. Vaqtinchalik murosa sifatida 1990-yillar boshida yangi davlat BMTga Sobiq Yugoslaviya Respublikasi Makedoniya nomi bilan kirdi.

    Muzokaralar olib borish uchun o‘n yillab davom etgan urinishlar va sudlardagi ko‘p yillik bahslardan keyin 2018-yilda Makedoniya Respublikasi o‘z nomini Shimoliy Makedoniya deb o‘zgartirishga rozi bo‘ldi. Ikki yildan keyin mamlakat NATOga a’zo bo‘la oldi — ushbu tashkilotga qo‘shilishga ham ilgari Gretsiya to‘sqinlik qilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Shimoliy Makedoniya rasman NATO a’zosi bo‘ldi
    • Makedoniyani Shimoliy Makedoniya deb qayta nomlash haqidagi bitim kuchga kirdi

    19.11.2020, 17:12   Izoh (0)   29476
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 2 milliondan oshdi

    19.11.2020, 15:59

    Berlin politsiyasi COVID-19 tufayli joriy qilingan cheklovlarga qarshi namoyishlarda 365 kishini qo‘lga oldi

    19.11.2020, 12:57

    Dunyoda COVID-19’ga chalinganlar soni 56 mln kishidan oshdi

    19.11.2020, 12:23

    Dunyo bo‘ylab 35 foiz tungi yorug‘lik isrof bo‘layotgani aniqlandi

    19.11.2020, 08:52

    Tramp AQSh saylovlarida kiberxavfsizlikka mas’ul bo‘lgan xodimni ishdan oldi

    19.11.2020, 08:37

    Niderlandiyada koronavirus sababli joriy qilingan karantin cheklovlarining bir qismi yumshatiladi

    19.11.2020, 08:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.