• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Demokratiya – eng yaxshi qasos”. Pokistonning Indirasi – Benazir Bxutto haqida

    Bundan 32 yil muqaddam shu sanada – 1988-yil 18-noyabrda konservativ musulmon mamlakati hisoblangan Pokistonda ayol kishi hukumat rahbariga aylandi. Bu ayol Pokiston Indirasi – Benazir Bxutto edi. Sana munosabati bilan “Daryo” Sharqning eng mashhur ayollaridan biri Benazir Bxuttoning bosh vazir bo‘lishi va fojiali intihosi haqida hikoya qiladi.

    “Sharq atirgulining” dunyoga kelishi

    Bo‘lg‘usi bosh vazir Benazir Bxutto Pokistonning Karachi shahrida tavallud topdi. Uning otasi Bxuttolar qavmiga mansub sindxlik rajputlar oilasidan bo‘lib, onasi kelib chiqishiga ko‘ra eronlik kurdlardan edi. Oilada Benazir to‘ng‘ich farzand bo‘lib, uning Murtazo , Shahnoz va Sanam ismli jigarlari bor edi. Benazirning dadasi Zulfiqor Ali Bxutto dunyoviy ta’lim olgan bo‘lib, o‘z qizlarini islomiy davlatga xos bo‘lmagan uslubda bilim olishlarini istadi va ularni Karachi va Islomoboddagi dunyoviy maktablarda o‘qitdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Benazir 15 yoshida AQShdagi Garvard universitetining Redklif maktabiga qabul qilindi. Garvardda o‘qigan kezlarda, keyinchalik Oksforddagi ta’lim davrida Benazir ilk marta demokratiya ta’mini totib ko‘rdi va o‘zining ajoyib nutqi bilan o‘z kursdoshlari va professorlari orasida mashhurlikka erishdi. Ustozlari uni buyuk kelajak kutayotganiga amin edi. Benazir 1973-yilda Garvardning davlat boshqaruvi ixtisosligini a’lo baholar bilan tamomladi.

    Bolaligida olgan ta’limi va Garvardda orttirgan bilimlari haqida eslarkan, Benazir Bxutto o‘z kundaliklarida “12 yoshli qizaloq edim, bir kuni onam otamning oldida hijob olib keldi-da, yuzingni berkitib ol , deya menga berdi. Shunda otam hijob taqadimi yoki yo‘q buni qizimning o‘zi hal qiladi – Islom dini ayol kishiga o‘z hayotini o‘z istagancha qurishiga huquq beradi degan edi”, deb eslaydi.

    1973-yilning kuz oyida yosh Benazir Oksford universitetining Ledi Margaret Xol kollejiga o‘qishga qabul qilindi va Benazir xonim bu yerda siyosatshunoslik, falsafa hamda iqtisodni o‘rgana boshlaydi. Kollejni tugatgach xalqaro diplomatiya va huquq sohasidagi bir yillik kursni tamomlaydi. Bu paytda uning otasi Zulfiqor Ali Pokistonda prezident, so‘ng bosh vazirlik lavozimida faoliyat yuritardi. O‘qishdan keyin Benazirni katta siyosat kutib turardi, ammo Benazir o‘sha paytlarda siyosat olamidagi ilk qadamlar ham nihoyatda qonli bo‘lishini tasavvur qila olmagan bo‘lsa, ehtimol.

    “Demokratiya – eng yaxshi qasos”.

    Benazir Bxutto

    Tutqunlikda

    Islom olamida ayol kishining siyosat olamida bo‘y cho‘zishi o‘ta shartli tushuncha hisoblanadi. Ayol kishi mayli siyosatda faoliyat ko‘rsatsin, ammo bosh vazir yoki vazir bo‘lishiga yo‘l bo‘lsin, deb fikrlaydiganlar islomiy jamiyatda anchagina. Benazir Bxutto o‘zi qadam tashlayotgan siyosat yo‘li ancha mashaqqatli bo‘lishini bilardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pokistondagi siyosiy to‘ntarish oqibatida 1977-yili Benazirning dadasi  Pokiston bosh vaziri Zulfiqor Ali Bxutto qamoqqa olindi. 1979-yilda esa Indira Gandi, Leonid Brejnev, Jimmi Karterning iltimosiga qaramasdan, Zulfiqor Alini maxfiy ravishda qatl qilishdi. Benazirni esa qatl kuni qamoqxonadan bir necha kilometr masofada joylashgan politsiya idorasida tutqunlikda saqlashdi. Politsiya nozirlari otasining dafn marosimida qatnashish uchun ham ruxsat bermadi.

    Endilikda bir vaqtlar diplomatik xizmatda faoliyat boshlashni istagan qiz orzularida qat’iyat bilan birgalikda boshqa maqsadlar ham o‘rin olgandi. Zulfiqor Alining qatlidan so‘ng Pokistonda hukumat tepasiga Muhammad Ziyo ul-Haq keldi, uning nazarida Benazir Bxutto siyosiy raqib edi va shu sababdan yangi hukumat rahbari Benazirning ko‘proq uy qamog‘ida o‘tirishi foydali ekaniga ishonardi. Nihoyat, 1984-yilda Benazirga Londonga chiqib ketish uchun izn berildi. Emigratsiyada yashashiga qaramasdan, Benazir Bxutto Pokiston Xalq partiyasini muvaffaqiyatli boshqara boshlaydi.

    Pokistonning qora atirguli

    Ziyo ul-Haq bekorga Benazirdan shubhalanmas edi. Zulfiqor Ali tashkil qilgan partiya ijtimoiy adolat haqida ko‘proq gapirar edi. Partiyaning shiorlari pokistonliklarning qalblaridan joy ola boshlaydi. General Ziyo ul-Haq Pokistonda diniy davlat tashkil qilishga kirishgan, musulmon huquqining barcha sohalarda yetakchi bo‘lishi uchun harakat qilardi. Prezident hattoki parlamentni istalgan paytda tarqatib yuborish vakolatini ham qo‘lga kiritdi.

    Bunday vaziyatda ko‘pincha Benazirning otasi aybsiz qurbon bo‘lgani haqida eslashar, biroq pokistonliklar Benazirning ayol kishi bo‘lgani uchun ham unga o‘z ishonchlarini berishni istamasdi. Benazir bo‘lsa, butun siyosiy faoliyati davomida Islom jamiyatidagi ayollar borasida mustahkamlanib qolgan turli xil stereotiplarga qarshi kurashishdan charchamadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1988-yilda Benazir parlament saylovlarida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritib, islomiy mamlakatdagi eng birinchi ayol bosh vazir sifatida tilga tushdi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay homiladorligi sabab ta’tilga chiqmoqchi bo‘lganda uning muxolifatchilari mamlakatda yana boshboshdoqlik boshlanadi, tartibsizlik yuzaga keladi, degan fikrda bo‘ldi. Shunda Benazir kesarcha kesish yordamida tug‘ruqni amalga oshirib, ertasiga hokimiyatga qaytishga qaror qildi. Benazir endi Pokistonning “qora atirguli”ga aylangandi.

    Islom qadriyatlari Benazirni islomiy mamlakatdagi fenomenga aylantirdi. Uning otasi davrida ayollarning ta’lim olishi va ayollarga shahar kengashlarida umumiy shtat xodimlarining ish joyining besh foizi kafolatlandi. Benazir esa islomiy  jamiyatidagi barcha uchun yangilik olib kelmoqchi edi.

    Saylovoldi poygasi

    1988-yilda Pokiston prezidenti Ziyo ul-Haq sirli ravishda Teypur Tamevali harbiy poligonida “Abrams” tanklarini sinovidan qaytayotgan chog‘da C-130 “Gerkules” samolyotida aniqlangan nosozlik sabab Laxor shahri yaqinida halokatga uchraydi. Uzoq yillik dushmanning fojiali o‘limi Benazir uchun siyosat olamida katta ufqlarga yo‘l ochdi.

    Mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazilishi 1988-yilning noyabr oyiga belgilandi. Benazir tinmay siyosiy faollar bilan uchrashar, demokratiya uchun harakat qilish vaqti kelgani haqida nutq so‘zlardi. Vaqtinchalik prezident G‘ulom Is’hoq Xon esa Benazirning mashhurligidan cho‘chib, uning oldiga turli to‘siqlar qo‘yishdan charchamasdi. Ayni shu pallada Bxutto uchun raqiblarning harakati bo‘lgan “Musulmon ligasi”ning tarqab ketishi ham muvaffaqiyatli voqea edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    17-noyabr sanasida Bxutto xonimning partiyasi parlament saylovlarida g‘olib bo‘ldi. 2-dekabr sanasida Benazir Bxutto Pokiston bayrog‘idagi ranglar aks etgan oq va zangori kiyimda hukumat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi. Barcha mamlakatlar Benazirni tabriklashga shoshilayotgan paytda, Pokiston prezidenti Bxutto xonimni g‘alabasi bilan tabriklashga shoshilmasdi.

    Bxutto Pokistonni nihoyatda qiyin bir davrda boshqarishiga to‘g‘ri keldi. Afg‘onistondagi urush Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni ancha taranglashtirib qo‘ydi. Bxutto 1989-yilda ko‘p muzokaralardan so‘ng Afg‘onistonda vaqtinchalik hukumat tuzish maqsadiga erishdi. Ammo muzokaralar jarayoni o‘ta mashaqqatli edi. Muzokaralar paytida ayrim radikal musulmon erkaklar muzokaralarga ayol kishi kelgani ortidan muzokaralar xonasidan chiqib ketgan bo‘lsa, ayrimlari muzokaralarda ayol kishi qatnashajagini bilgach muzokaralar jarayoniga kelmay qo‘ya qoldi. Ammo Bxutto xonim qat’iyat bilan muzokaralarda kompromislar orqali maqsadga yetilishini isbotlay oldi.

    Yangi bosh vazir Pokistondagi siyosiy mahbuslarning aksariga amnistiya e’lon qildi, davlat sektoriga qarashli ayrim kompaniyalarni xususiylashtirdi va qishloqlarga elektr energiyasi yetib borishini ta’minladi. Bxutto davrida, shuningdek, azaliy raqiblar sanalgan Hindiston va Pokiston munosabatlari bir muncha yaxshilandi. Bxutto Hindiston bosh vaziri Radjiv Gandi bilan Janubiy Osiyoda yadro energiyasi borasidagi muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama muhim kelishuvlarni imzolashga ega bo‘ldi.

    Biroq Bxutto siyosiy karyerasi uning turmush o‘rtog‘i Asif Ali Zardori “Janob 10 foiz”ning qaltis harakatlari natijasida yakun topdi. Muammo shunda ediki, Asif Ali Zardori xorijlik investorlardan kiritilayotgan sarmoyaning 10 foizini talab qilishi bilan Buyuk Britaniya, Shveysariya va Pokiston biznes doiralarida turli e’tirozlarni avj olib ketishiga sababchi bo‘ldi. 1990-yilning o‘rtalarida Pokiston prezidenti G‘ulom Is’hoq Xon Bxutto hukumatini iste’foga chiqarishga majbur bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Korrupsion mojaroga aralashib qolganiga qaramasdan, Bxuttoning siyosiy obro‘si mamlakatda hamon baland edi. Ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar pokistonliklarda umid uyg‘otgan va ular Benazirni hurmat qila boshlagandi.

    1993-yilgi parlament saylovlarida Benazir xonim yana g‘alaba qozondi. Pokistonda bepul tibbiyot paydo bo‘ldi, savodsizlik darajasi sezilarli darajada qisqardi. Mamlakatga xorijiy sarmoya oqimi ko‘paydi. Bu safar uning bosh vazirligi bor yo‘g‘i uch yil davom etdi va bu safar ham uning hukumati korrupsion mojarolarga o‘ralashib qoldi. 1999-yilda Bxutto oilasi bilan Pokistondan chiqib ketdi, oradan sakkiz yil o‘tib, Parvez Musharraf amnistiya e’lon qilishi bilan Benazir o‘z oilasi bilan Pokistonga qaytib keldi.

    27-dekabr 2007-yil sanasida 15 yoshli islomiy terrorchi tarafidan ikki o‘q uzildi va bomba portladi. Shunday qilib, Benazir Bxutto terrorchi qotilning qurboniga aylandi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    18.11.2020, 23:25   Izoh (0)   46147
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tog‘li Qorabog‘da urush to‘xtatilganiga bir hafta bo‘ldi. Nizo hududida va urushda mag‘lub bo‘lgan Armanistonda hozir nimalar bo‘lyapti? Asosiy ma’lumotlar

    18.11.2020, 21:29

    AQShda Santa-Klauslar koronavirus sabab bolalardan “berkinmoqda”. Bolalarga ularning tizzasiga o‘tirish taqiqlangan (video)

    18.11.2020, 20:23

    Airbus A380’ning yonida reaktiv qanotda parvoz qilgani bilan tanilgan Vins Reffet Dubayda halokatga uchradi

    18.11.2020, 19:23

    Xitoyda 61 yoshli Britaniya konsuli cho‘kayotgan qizni qutqardi. Atrofda o‘nlab odamlar bo‘lgan, lekin undan boshqa hech kim suvga tushmagan

    18.11.2020, 18:48

    Rossiyada bir sutkada COVID-19 bemorlarining 456 nafari vafot etdi. Bu kunlik o‘lim holatlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich

    18.11.2020, 18:12

    Pensilvaniya sudi Trampning Filadelfiyadagi saylovlar bo‘yicha da’vosini rad etdi

    18.11.2020, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bolani qo‘shni yigit qutqardi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 13:00

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari Maryam Uzerli va Kaan Urganjiog‘lu yangi serialda birgalikda suratga tushmoqda

    Kino | 21 iyun, 12:50

    O‘zbekistonda ko‘chalar qancha yoritish uskunalari yordamida yoritiladi?

    O‘zbekiston | 21 iyun, 12:30

    Sayyoradagi ertaknamo ko‘rinishga ega maskanlar

    Layfstayl | 21 iyun, 12:15

    Bola yomon baho olsa ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerak? Pedagog javob berdi

    Layfstayl | 21 iyun, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.