• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qashqadaryoda mingga yaqin korxona sog‘lomlashtirishga muhtoj” – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori bilan suhbat

    O‘zbekiston Prezidenti 12-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga qilgan safari mobaynida Qarshi shahridagi Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga ham tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi. Klinikada viloyatdagi yirik korxonalar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning doimiy ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Majlislar zali, muzokara xonalari, eksportchilar uyushmasi va o‘quv markazlari ham joylashtirilgan. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sunnatilla Bekenov bilan suhbatlashib, klinikani yo‘lga qo‘yishdan maqsad, uning vazifalari va ahamiyatiga oid savollarga javob oldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Xususiylashtirishdan maqsad - tadbirkorlarga yo‘l ochish”“Prezidentimiz joriy yilning 27-oktabr kuni “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga imzo qo‘ydi. Shundan so‘ng 28-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari bu borada aholiga batafsil ma’lumot beradigan maslahat klinikalari hamda Call-markaz tashkil etish zarurligini ta’kidlagan edi. Ushbu hujjat odamlarda turli fikrlarni uyg‘otyapti: bezovtaliklar ham, xursandchiliklar ham bor. Xususiylashtirishdan asosiy maqsad - faoliyat yuritayotgan davlat korxonalarini yanada samarali ishlashini ta’minlash hamda tadbirkorlarga yo‘l ochib berishdir. O‘zingiz yaxshi bilasiz, agar davlatning bozordagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha korxonalarga yaqin ko‘maklashuvchi va tadbirkorlarga to‘siq ham bo‘ladi. Misol uchun, yuqorida turuvchi idora va vazirliklar biror xizmatga ehtiyoj sezsa, xususiy sektorga emas, balki, davlat unitar korxonasiga murojaat qiladi. Natijada raqobat muhiti va sifat yo‘qoladi. Sifat yo‘q bo‘lsa, tabiiyki, tannarx ham o‘sadi. Shunday ekan, davlat aktivlarini xususiylashtirish iqtisodiyot uchun faqat manfaat keltiradi”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Shaffoflik ta’minlanadi”“Davlat mulki talon-toroj bo‘lmaydimi?”, “Xususiylashtirish jarayoni shaffof o‘tadimi, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmaydimi?”, kabi savollar ham odamlarda shubha, xavotir uyg‘otayotgani bor gap. Davlat mulki bu – xalq mulki. Shunday ekan, binolar xususiylashtirilib, sotilayotganida ham, investorlarga berilayotganida ham, albatta, shaffoflik ta’minlanadi. Bu kabi savollarga javob topish va jarayonning ochiq-oydin o‘tkazish maqsadida yurtimizning barcha viloyat markazlarida korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikalari tashkil etilyapti. Shuni alohida ta’kidlash joizki, xususiylashtirishdan maqsad budjetga pul tushirish emas, davlat pul uchun korxonalarni sotib yubormayapti. Balki, korxonani yanada sog‘lomlashtirib, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga aylantirishdir”.

    “Muammolarni hal qilishga yaqindan ko‘maklashadi”“Mahsulot ishlab chiqarishdagi qator qiyinchiliklar, investor topolmaslik, bankdan kredit ololmaslik singari turli muammolar oxir-oqibat tadbirkorning ahvolini qiyinlashtiradi, ya’ni nosog‘lom muhitga olib keladi. Yurtimizda muammoga duch kelgan ishbilarmonlar o‘z dardini borib aytadigan savdo-sanoat palatasi, biznes ombudsman, bosh vazir qabulxonalari, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi kabi ko‘plab tashkilotlar faoliyat yuritadi. Lekin ular tadbirkorni qiynayotgan masalani tegishli mutasaddi vazirliklarga yetkazadi. Natijada har doim ham ishbilarmonning muammosi tezkor yechim topmaydi, tadbirkor murojaati ortidan sarson yuraveradi. Bu kabi klinikalar esa muammolarni hal qilishga yaqindan ko‘maklashadi. Avvalo, har qanday muammoning sababi va oqibatlari chuqur tahlil qilinib, oqibat bilan emas, sababga qarshi kurashiladi. Klinikaga barcha soha vakillari chaqirtirilib, muammoga birgalikda yechim topiladi”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Klinikalar faoliyati barcha viloyatda yo‘lga qo‘yildi”“Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikalari Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda ochilgan. Shuningdek, kunu tun ishlaydigan 1082 raqamli Call-markaz ham yo‘lga qo‘yildi. Mazkur klinikalar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari tomonidan boshqariladi. Ularning faoliyatida Savdo-sanoat palatasi, bosh vazir qabulxonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari va hokimlik vakillari doimiy ishtirok etadi. Bundan tashqari, so‘rovga asosan boshqa vazirlik va idoralar, tijorat banklari xodimlari ham jalb etilishi mumkin”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Hamma xizmatlar bepul”“Qashqadaryo viloyatida faoliyatini to‘xtatgan yoki yopilish arafasida turgan, soliqdan muddati o‘tgan qarzi bor, mahsuloti sotilmay, yig‘ilib qolayotgan mingtaga yaqin korxonalar mavjud. Ularning barchasi sog‘lomlashtirishga muhtoj. Yaqinda faoliyatini boshlagan klinikada mazkur korxonalar chuqur tahlil qilinib, ularni yana avvalgidek ishlashiga ko‘maklashiladi.

    Qarshi shahridagi mazkur klinikada iqtisodiy-moliyaviy va yuridik maslahatlar berish, informatsion xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Malakali mutaxassislar biriktirilib, infokiosklar o‘rnatilgan. Bu yerda xususiylashtirishga qo‘yilgan obyektlar, ularning manzili, holati, sohadagi tartib-qoidalar haqida batafsil ma’lumot olish mumkin. Hamma xizmatlar bepul. Tadbirkorlarga davlat aktivlarini sotib olish, korxonalarni xususiylashtirishga oid savollarga javob olish va muammolarni hal qilishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi. Prezidentimiz bu tizimni yanada takomillashtirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, bir so‘z bilan aytganda, aholiga va tadbirkorlarga qulaylik yaratish borasida topshiriqlar berdi. Biz shunday muhit yaratishimiz kerakki, toki har bir fuqaro bu klinikaga kelib, muammosini shu yerning o‘zida hal qilsin. Ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasin”.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga tashrif buyurdi
    • Qashqadaryoda 2021-yil tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi
    • Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrining “Navo” mahallasida qurilayotgan yangi mavzeni ko‘zdan kechirdi

    14.11.2020, 08:13   Izoh (0)   17929
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida “elektrichka” temiryo‘l relslari orasida yotgan mast erkakni turtib yubordi

    14.11.2020, 07:54

    O‘zbekistonda yana 4 ta OTMda tibbiyot fakultetlari ochiladi

    14.11.2020, 07:14

    Qoraqalpog‘istonda “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i tashkil qilindi

    14.11.2020, 06:55

    Xalqaro migratsiya tashkiloti O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

    14.11.2020, 06:35

    Abxaziyadan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan vatandoshlarning yangi ro‘yxati shakllantirilmoqda

    13.11.2020, 23:58

    O‘zbekistonda 1-oktabrdan chegaralar ochilganiga qaramay, nima uchun ayrimlar undan o‘ta olmayotganiga izoh berildi

    13.11.2020, 23:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Shahed dronlarida Hindistonda ishlab chiqarilgan qismlarni topdi

    Dunyo | 6 avgust, 12:53

    Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 12:42

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Dunyo | 6 avgust, 12:31

    Xitoy o‘zining yangi jangovar samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda (foto)

    Dunyo | 6 avgust, 12:21

    Suvga tushganda o‘z-o‘zidan qutqaruv balloniga aylanuvchi sharcha ixtiro qilindi (foto)

    Layfstayl | 6 avgust, 12:20

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    “Hizbulloh” rahbari Isroilga raketalar yog‘dirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 6 avgust, 12:10

    “Nyukasl” himoyachisini Seul aeroportida unutib qoldirdi

    Sport | 6 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.