Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi doirasida Qarshi shahrida o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi muammolar va takliflar ko‘rib chiqilib, kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Bu borada manzilli ishlash uchun tuman va shaharlarga vazirlar, tarmoq va banklar rahbarlari biriktirildi.

“Qashqadaryoda barcha sohalarda vaziyat tubdan o‘zgarishi shart. Buning uchun viloyatda hamma imkoniyat bor. Hamma uyg‘onishi kerak”, — dedi Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari bugungi bozor talabi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, tumanlarni muayyan iqtisodiyot yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlari bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtiriladi. G‘uzor va Muborak tumanlarida neft-gaz-kimyo, Chiroqchi va Dehqonobod tumanlarida qurilish materiallari bo‘yicha ko‘plab korxonalar tashkil etish mumkin.

Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirib, yirik komplekslar va kichik bo‘rdoqichilik fermalari tashkil etish, ozuqa bazasi uchun yer ajratish vazifasi qo‘yildi. Moliya vazirligiga chorvachilik uchun o‘zlashtiriladigan yer, boqilgan har bir bosh qoramol uchun subsidiya berish mexanizmini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Viloyatda 2021−2022-yillarda amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 28 trillion so‘m bo‘lgan 950 ta loyiha ishlab chiqilgan. Bu loyihalar natijasida 15 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish, yordamga muhtoj va ishsiz aholiga daromad manbayi yaratish choralari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga kelgusi yilda 50 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shavkat Mirziyoyev aholini uy-joy bilan ta’minlash, yo‘llar, ichimlik suvi tarmoqlari qurish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini 79 foizga, xususan, bu borada vaziyat og‘ir bo‘lgan G‘uzor tumanida 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Yoshlar va ayollar manfaatlarini ta’minlash masalasi chuqur tahlil qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Viloyatda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Hokimlar har haftada bir kunni yoshlar bilan ishlash kuni deb e’lon qilib, ularning muammolari bilan shug‘ullanadi”, — dedi davlat rahbari.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 2 ming 815 nafar ayolning turmush sharoitini yaxshilash, ishsiz xotin-qizlarni “Ustoz-shogird” an’analari asosida hunarmandchilikka jalb etish choralari belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi