Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida 14-noyabr kuni brifing o‘tkazildi. Unda mamlakatda koronavirus bo‘yicha vaziyatning yana murakkablashish ehtimoli haqida so‘raldi.
“Albatta, bu ehtimol yo‘q emas. Men mutaxassis sifatida hozirgi holatni aldamchi barqarorlik, aldamchi osoyishtalik, deb baholagan bo‘lardim. Demak, biz hushyor bo‘lishimiz kerak. Agar salomatligimizga befarq bo‘lmasak, kasallikning biror-bir klinik belgilarini sezgan zahoti tibbiyot xodimlariga murojaat qilsak, o‘zboshimcha davolanishga urinmasak, uy sharoitida davolanish va karantinda bo‘lish qoidalariga rioya qilsak, u holda vaziyatni barqaror ushlab turishimiz mumkin.
Aks holda epidemik vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Kuz-qish payti virusli, respirator kasalliklarning mavsumiy ko‘tarilish davri hisoblanadi. Bu esa zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshirish kerak deb o‘ylayman”, – dedi Nurmat Otabekov.
Avvalroq Barno Abdusamatova gigiyenaga rioya etilsa, niqob taqib, ijtimoiy masofa saqlansa, O‘zbekistonda karantin kuchaytirilmasligini aytgan edi.
Mavzuga doir:
- “Ikkinchi to‘lqin birinchisidan ko‘ra uzoqroq davom etadi” — qozog‘istonlik ekspert koronavirus haqida
- Toshkentda yarim yil COVID-19 bemorlari orasida yashab kasal bo‘lmagan bosh shifokor maktabga chiqa boshlagan nevarasidan koronavirus yuqtirib oldi
- Karantin joriy etilgandan buyon xorijda qolib ketgan 400 mingdan ortiq vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi
Izoh (0)