• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pul qalbakilashtirilishiga qarshi kurashdan prezidentlarni qo‘riqlashgacha. AQSh Maxfiy xizmati haqida

    Bundan 155 yil muqaddam AQShda dastlabki maqsadi pulni qalbakilashtirishga qarshi kurash olib boradigan, keyinchalik AQSh prezidentlari xavfsizligini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan tashkilot paydo bo‘ldi. “Daryo” AQSh Maxfiy tashkilotining o‘ziga xos tarixi haqida hikoya qiladi.

    Tashkilot qanday paydo bo‘lgan edi?

    1865-yilning 14-aprel sanasida Vashington shahridagi Ford teatrida AQShning 16-prezidenti Avram Linkolnga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Taqdirning hazilimi, aynan shu kunda prezident Linkoln Kongressga mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan maxfiy xizmat tashkil qilish borasida taklif kiritgan edi.

    Foto: Google Photos

    AQShning qudratli davlatga aylanish jarayonida maxfiy xizmat AQSh federal davlat organi sifatida davlat rahbarlarining, mamlakatga tashrif buyurgan yuqori martabali siyosat arboblarining shaxsiy xavfsizligi masalasidan tortib milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar, bank ma’lumotlari qalbakilashtirilishining va boshqa jiddiy huquqbuzarliklarning oldini olishga mas’ul tashkilot sifatida yuzaga keldi. Dastlab AQSh moliya vazirligi tarkibida tuzilgan tashkilotning asosiy vazifasi AQShda o‘ta avjiga chiqqan milliy valyutaning qalbakilashtirilishiga qarshi kurash edi.

    1865-yilning 5-iyul sanasida mamlakat moliya vaziri Xyu Makkallox Maxfiy xizmat rahbarligiga AQSh va Meksika urushi veterani Uilyam Vudni qasamyodga keltirib, uni rahbar qilib tayinladi. Vud bunga qadar Vashingtondagi qamoqxona komendanti va moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish borasida ancha ko‘zga ko‘ringan huquq posboni edi. Uning AQSh xavfsizlik xizmati tashkilotiga rahbar etib tayinlanishini tasdiqlash prezident Avram Linkolnning aktyor Jon Uilks But tomonidan suiqasd uyushtirilishidan bir necha soat oldin ham muhokama qilindi. Natijada maxfiy xizmat tashkilotining barcha rasmiy tashkillanish ishlari vazifasi Linkolnning vafotidan keyin hokimiyat tepasiga 17-prezident Endryu Jonssonning kelishi bilan yakunlandi.

    Yangi prezident va yangi tashkilot

    Endryu Jekson dastavval tashkilotga moliyaviy firibgarliklarga qarshi kurashish vakolatini berdi. 1860-yillarning boshlarida AQShda ayniqsa nihoyasiga yetgan janubliklar va shimolliklar o‘rtasidagi urushdan keyingi davrda milliy valyutaning qalbakilashtirilishi bilan bog‘liq jinoyatchilik ko‘lamining kengayib ketishi og‘riqli masalalardan biri sifatida qolardi. Federal hukumat esa valyutaning qalbakilashtirilishi bilan bog‘liq jinoyatning keskin darajada ko‘payib ketishini nazorat qilish borasida bir qator muammolarga duch kelardi. 1863-yilda AQSh moliya vazirligi milliy valyutani zarb qilishning milliy standartlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

    Niksonni o‘rab olgan maxfiy xizmat xodimlari.

    Niksonni o‘rab olgan maxfiy xizmat xodimlari.
    Foto: Google Photos

    Endryu Jeksonning prezidentligi davrida Maxfiy xizmat asosan moliyaviy jinoyatlar bilan ishlarni o‘rganadigan o‘ziga xos moliya politsiyasi vazifasini bajarishga kirishdi. Lekin bu tashkilot hali hozirgi davrdagi vakolatlari ancha keng tashkilot emasdi.

    Tashkilotda bor-yo‘g‘i 10-15 nafar xodim ishlar, ularning aksariyati sobiq harbiylar bo‘lib, ularni “operlar” deb atashardi. Dastlabki davrlarda bu organ xodimlarining hech qanday belgisi yoki hujjati ham mavjud emasdi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri moliya vazirligi ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib borardi. 1873-yilga kelib ular o‘z besh qirrali yulduzchasiga ega bo‘ldi; yulduzchada United States Secret Service – “Qo‘shma Shtatlarning maxfiy xizmati” yozuvi bor edi.

    1866–1869-yillar oralig‘ida mazkur tashkilot 200 dan ortiq qalbaki pul zarb qiluvchilarni tergov mahkama jarayoniga tortishga muvaffaq bo‘ldi. Tashkilot o‘ziga bildirilgan ishonchi oqlagandi. Shu sababli 1867-yilda Endryu Jekson tashkilotning faoliyatini kengaytirishga rozilik berdi. Natijada tashkilot endilikda nafaqat pulni qalbakilashtiruvchilar, balki kontrabandachilar, mulklarni noqonuniy o‘zlashtiruvchilar, pochta banderollarini talon-toroj qiluvchilar va hattoki Ku-Kluks-Klan irqchilik tashkilotining a’zolari ortidan ham kuzatuv ishlarini olib borish bilan shug‘ullana boshladi.

    Vakolatning kengayishi

    1890-yilning o‘rtalariga qadar Maxfiy xizmat AQSh prezidentlarining shaxsiy xavfsizlik masalasi bilan shug‘ullanmas edi. Bu vaziyat hattoki 1891-yilda prezident Jeyms Garfildga nisbatan suiqasd uyushtirilganidan keyin ham o‘zgarmasdan qoldi.

    Ammo 1894-yilning bahoriga kelib Maxfiy xizmat rahbari Uilyam Xeyzen o‘zining ikki ishonchli xodimini o‘z tashabbusiga ko‘ra Oq Uyni himoya qilishga yubordi. Xeyzenda bunday vakolat bo‘lmasa-da, uning qo‘liga prezident Grover Klivlendga qarshi suiqasd tayyorlanayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan va u tashabbusni o‘z qo‘liga olgandi.

    Prezident Uilyam Makkinli davrida Maxfiy xizmatning xodimlari soni yanada ortdi.

    1898-yilning 21-aprel sanasida AQSh va Ispaniya o‘rtasida urush kelib chiqdi. Ayni shu davrda Kongress prezident Makkinlining xavfsizligini ta’minlash borasida Maxfiy xizmatga maxsus topshiriq berdi. Shu bilan birgalikda tashkilotga mamlakatdagi ispan ayg‘oqchilarini fosh qilish va harbiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish vazifasi yuklandi. AQSh-Ispaniya urushi sulh bilan yakunlangach, tashkilot har kuni Makkinli nomiga yuborilayotgan anarxistlarning qasd olish istagi bitilgan xatlari sabab prezident xavfsizligini ta’minlashda davom etdi.

    1901-yilning 6-sentabr sanasida anarxistlar o‘z maqsadiga yetdi: Uilyam Makkinli Buffaloda Panamerika ko‘rgazmasini tomosha qilish uchun borgan vaqtda anarxistlar unga ikki bora o‘q uzib, og‘ir jarohatladi.

    Bu voqeadan so‘ng AQSh Kongressi prezidentlar xavfsizligi jiddiy masala ekanini alohida ta’kidlagan holda, bu masalaga e’tibor berishga kirishdi. AQShning yangi rahbari Maxfiy xizmatdan o‘ziga ikki nafar tan soqchi tayinlashni so‘radi. Kongressga prezident xavfsizligini ta’minlashga maxsus harbiy gvardiya tuzish taklif qilindi, biroq Kongress bu yevropalik monarxlarning xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan leyb gvardiyadan hech ham farq qilmasligini aytdi.

    Kongressda prezident xavfsizligini ta’minlash borasida uzoq bahs-munozara avj oldi. Faqat 1907-yilga kelib Kongress federal xizmatlarning moliyaviy ta’minoti borasida qonun qabul qildi; u AQSh prezidentlari xavfsizligini ta’minlovchi xodimlarning moliyaviy maqomini ham belgilab berdi. Shunday bo‘lsa-da, prezidentlar xavfsizligi borasida maxfiy xizmat faqat prezident Oq Uyda bo‘lgan davrdagina o‘z vazifasini amalga oshirar, prezidentlar safarga chiqqan vaziyatda esa ularning xavfsizligi masalasi bilan politsiya bo‘linmalari shug‘ullanar edi.

    1908-yildan boshlab Maxfiy xizmat yangi saylangan, ammo hali prezidentlik qasamyodini qabul qilmagan prezidentlarning xavfsizligiga mas’ul qilib tayinlana boshladi. Aynan shu yil prezident Teodor Ruzvelt Maxfiy xizmatdan sakkiz nafar tajribali xodim Adliya vazirligi tarkibiga kiritilishini ta’minladi va natijada bo‘lg‘usi Federal qidiruv byurosining poydevoriga asos solindi.

    Teodor Ruzvelt uyini qo‘riqlayotgan Maxfiy xizmat xodimlari.

    Teodor Ruzvelt uyini qo‘riqlayotgan Maxfiy xizmat xodimlari.
    Foto: Google Photos

    Bunday islohotlar natijasida Maxfiy xizmat tashkilotining qat’iy vazifalari ham aniqlasha boshladi. Qalbaki pulga qarshi kurash, yuqori lavozimdagi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash bilan birga tashkilotning vakolatlari ham kengaya boshladi. 1917-yilga kelib Maxfiy xizmatga prezident oilasini, 1951-yildan vitse-prezidentni, 1961-yildan iste’fodagi prezidentlar xavfsizligini himoya qilish vakolatlari qo‘shildi.

    1968-yilda Los-Anjelesda prezidentlikka nomzodini qo‘ygan Robert Kennedi otib tashlandi. Bu voqeadan so‘ng Kongress Maxfiy xizmat tashkilotiga prezidentlikka nomzodlarning ham shaxsiy чafvsizligini ta’minlash vakolatini berdi.

    1984-yilga kelib xavfsizlik tashkilotiga kredit kartalarining qalbakilashtirilishiga qarshi, 2001-yildan esa kiberjinoyatchilikka qarshi ishlarni tergov qilish vazifasi yuklandi. 2003-yilga kelib tashkilot moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, ichki ishlar vazirligiga bo‘ysundirildi.

    Tashkilotning xalqaro tarmoqlari

    Ayni paytda Maxfiy xizmatda 5 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi. Ulardan 2,1 mingi maxfiy agentlar hisoblanadi. Tashkilotning Vashington va butun AQSh bo‘ylab 125 ta mahalliy organi mavjud. Bundan tashqari, Maxfiy xizmatning Parij, Lion, London, Bonn, Rim, Milan, Monreal, Nikoziya, Bogota, Manila, Bangkok kabi shaharlarda bo‘limlari faoliyat yuritib kelmoqda.

    Prezidentning hayotini himoya qiladigan tan soqchilar alohida maxsus guruh sifatida qayd etiladi. Maxfiy xizmat xodimlari prezidentning hayotini qanday himoya qilish usullarini sir saqlaydi va 24 soat mobaynida prezident atrofida bo‘ladi; prezidentni himoya qiluvchi guruh besh kishidan iborat. Prezident Oq Uydan tashqariga chiqqan paytda xavfsizlik tashkiloti xodimlari ko‘paytiriladi; ularning vazifasi prezidentga uyushtirilgan hujumning oldini olish, hujum qilganlarga o‘t ochish va prezidentni xavfsiz joyga ko‘chirish hisoblanadi.

    Prezident tan soqchilari Shveysariyaning Zig Zauer P229 to‘pponchalari, “Remington 870” modelli qurol va isroilliklar ishlab chiqargan “UZI”, nemislarning “Xekler Kox” firmasiga tegishli MP-5 to‘pponcha avtomatlari bilan qurollanadi. AQSh maxfiy xizmati tashkilotida ishlash uchun AQShning fuqarosi bo‘lishi, yoshi esa 21-37 yoshda bo‘lishi kabi tartib belgilangan.

    Hozirda AQSh maxfiy xizmati tashkilotiga Jeyms Myurrey rahbarlik qilib kelmoqda.

    Maxfiy xizmat tashkiloti agentlari haqida filmlar

    • “Tan soqchi” – aktyor Kevin Kostner va xonanda Uitni Xyuston ajoyib rol ijro etgan film. U tan soqchi Frenk Farmer (Kevin Kostner) Reyganga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng ishdan ketgani va Reychel Merronga (Uitni Xyuston) tan soqchi sifatida tayinlanishi bilan boshlanadigan ajoyib voqealarni namoyish etadi;
    • “Oq uy ishg‘oli” – rejissor Roland Emerixning bu kinosida bosh rollarni Chenning Tatum va Jeymi Foks hamda Jeyms Vudslar ijro etgan. Film voqealari Kapitoliy binosining portlashi voqealari bilan boshlanib, tomoshabinlarni shiddatli voqealar girdobiga tushirib qo‘yadi;
    • “Olimpning qulashi” – film Antuan Fukuaning yorqin kino asarlaridan hisoblanadi. Kino syujeti markazida prezident qarorgohi terrorchilar tomonidan ishg‘ol qilinishi va maxfiy tashkilot a’zolarining prezidentni qutqarishi asosiga qurilgan.
    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    13.11.2020, 10:10   Izoh (0)   99032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST: Grippga qarshi vaksina koronavirusdan himoya qilmaydi

    13.11.2020, 09:08

    Botsvanada og‘irligi salkam ming qirot keladigan olmos topildi

    13.11.2020, 08:20

    Ozarbayjon elchisi Tog‘li Qorabog‘dagi arman yodgorliklari saqlab qolinishiga va’da berdi

    13.11.2020, 06:35

    Vengriya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sinovdan o‘tkazishga qaror qildi

    13.11.2020, 06:05

    Odamlarni ko‘chada qoldirgan tayfun, xotirlanayotgan urush, gavjum bozor. 12-noyabr suratlari

    12.11.2020, 23:45

    Armanistonda muxolifatning 15 nafar rahbari qo‘lga olindi. Ular noqonuniy ommaviy yig‘ilishlar tashkil etishda ayblanmoqda

    12.11.2020, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.