Angliya Premyer Ligasi oktabr oyining eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Vulverhempton” ustozi Nunu Eshpiritu Santu oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rildi. Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa oktabr oyida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, uch g‘alaba va bir durang qayd etdi.
Ushbu nom uchun quyidagi mutaxassislar ham kurash olib borgandi:
- Ralf Hazenhyuttl (“Sauthempton”) — 3 o‘yinda ikki g‘alaba, bir durang;
- Joze Mourinyo (“Tottenhem”) — 3 o‘yinda ikki g‘alaba, bir durang;
- Devid Moyes (“Vest Hem”) — 4 o‘yinda bir g‘alaba, 2 durang va bir mag‘lubiyat;
- Din Smit (“Aston Villa”) — 3 o‘yinda 2 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)