• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda loyiha qiymati 9,6 mln dollar bo‘lgan raqamli situatsion markaz tendersiz quriladi

    Toshkent shahar hokimligi huzuridagi raqamli situatsion markaz qurilishiga taxminan 100,2 milliard so‘m (Markaziy bankning 12-noyabrdagi kursi bo‘yicha 9,6 million dollardan ortiq) ajratilmoqda. Bu haqda davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Markazning shahar ma’muriyati hududida qurilishi Prezidentning 17-martdagi farmonida (PQ-4642) ko‘zda tutilgan.

    Toshkent shahar hokimiyatining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ushbu loyihaning buyurtmachisi hisoblanadi. Obyekt qurilishiga 2020-yil oxiriga qadar 32,6 milliard so‘m, 2021-yilda 67,6 milliard so‘mlik mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. 23-oktabr holatiga ko‘ra 9,7 milliard so‘m miqdoridagi avans to‘lovi moliyalashtirilgan, shuningdek, materiallarni sotib olish uchun yana 10 milliard 0 so‘m miqdorida avans o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Loyiha pudratchisi Power Construction Planet MChJ bo‘lib, kompaniya bilan shartnoma 7-oktabrda imzolangan. Vazirlar Mahkamasining 9-sentabrdagi 401-f-sonli farmoyishi bilan loyihani tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat berildi. Nashrning yozishicha, hukumat farmoyishlarini 28-maydan boshlab Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida nashr etish to‘xtatilgan

    Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Power Construction Planet MChJ 2008-yil 12-sentabrda ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning 66,9 foiz ulushiga Ismoil Isroilov, 33,1 foiziga Abdurasul Zohidov egalik qiladi.

    Foto: Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri

    Foto: Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri

    Ismoil Isroilov ilgari Akfa Engineering and Managemen kompaniyasining direktori va direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan va bir qator kompaniyalarning ulushlariga ega bo‘lgan. Abdurasul Zohidov 2020-yil yanvar oyi boshida Discover Invest MChJ direktori sifatida “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Discover Invest MChJ Tashkent City va Ashxobod parklarini, Hilton mehmonxonasi, kongress-markaz, Imzo va Artel, Akfa Medline va boshqa korxonalar binolarini qurgan.

    Loyihani ishlab chiquvchi vazifasi Prime Tower Group MChJ ga topshirilgan. Uning ta’sischilari esa Jasur Bahodirovich Badalov (35 foiz), Sardor Xabarjonovich Ummatov (30 foiz) va Artur Damirovich Nuriyev (35 foiz) hisoblanishadi.

    Shu bilan birga, Power Construction Planet Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2160 o‘rinli ixtisoslashtirilgan karantin zonasini qurish bilan ham shug‘ullangan. Obyektning qiymati 39,2 milliard so‘mga baholangan. Shuningdek, loyihani Vazirlar Mahkamasining 23-iyuldagi 337-f-sonli farmoyishi asosida tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat berilgan.

    Toshkentda situation markaz yaratish rejasi haqida 2018-yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgan. O‘shanda Janubiy koreyalik mutaxassis, Seul shahri meriyasi vakili Kim Yu Shik shahar hokimining poytaxt ma’muriyati ishi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi.

    “Maslahatchining asosiy vazifalari — Toshkentda ham Seuldagidek shahar boshqaruvi bo‘yicha situatsion markaz yaratilishidan iborat. Yagona markaz orqali shaharda kommunal soha, shaharsozlik, yong‘in xavfsizligi, tezkor choralar ko‘rish tizimlaridagi barcha vaziyatlarni onlayn rejimda kuzatish mumkin. Unga ko‘chalardagi barcha kuzatuv kameralari ham ulanadi. Buni Smart City unsurlaridan biri deya hisoblash ham mumkin, ammo bu mutlaqo alohida loyiha”, — deya ta’kidlagandi shahar hokimining o‘sha vaqtdagi o‘rinbosari Alisher Tillayev.

    12.11.2020, 21:34   Izoh (0)   12961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston OTMlarida bakalavriat va magistraturaning 1-bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

    12.11.2020, 21:22

    Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ishchi guruh O‘zbekiston aholisiga murojaat qildi

    12.11.2020, 20:36

    “Ta’limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap” — Shavkat Mirziyoyev

    12.11.2020, 19:47

    O‘zbekiston Senatining 9-yalpi majlisi 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

    12.11.2020, 19:35

    Xalq ta’limi vazirligi maktablarda sinf rahbarligi uchun to‘lovlarning oshirilgan miqdorini ma’lum qildi

    12.11.2020, 19:23

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13-noyabr kuni tuman tushishi mumkin

    12.11.2020, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.