“Real” qishki transfer oynasida ikkita xaridni amalga oshirmoqchi.
Goal nashrining xabar qilishicha, madridliklar klubi “Borussiya D”dan Erling Holandni va “Renn”dan Eduardo Kamavingani sotib olmoqchi.
Norvegiyalik hujumchi — “Real”ning asosiy maqsadi va madridliklar bu borada “Borussiya” bilan aloqaga chiqqan. Agar “Borussiya D” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmasa, Holand uchun 75 million yevroga qo‘shib hujumchi Luka Yovichni ikki yilga ijaraga berish varianti taklif qilinadi.
“Renn” Kamavinga uchun 60 million yevro so‘ramoqda. “Real” esa 50 million yevro va hujumchi Mariano Diasni taklif qilmoqchi (sotib olish huquqi bilan ijara yoki to‘liq transfer).
20 yoshli Holand Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumida 6 o‘yin o‘tkazib, 6 gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. 18 yoshli Kamavinga esa Fransiya chempionatida 8 ta o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
Avvalroq “Real” yozda bo‘lgani kabi qishki transfer oynasida ham xaridlarga qo‘l urmasligi xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)