O‘zbekistonlik UFC jangchisi Zarruh Adashevning (3-2) 14-noyabr (Toshkent vaqti bilan 15-noyabr tongi) kungi UFC Fight Night musobaqasidagi jangi boshqa muddatga qoldirildi.
Adashevda koronavirus aniqlangan bo‘lib, ayni paytda sportchi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bu haqda Zarruh o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Jeff Molinaga (8-2) qarshi kechadigan jang bekor qilinmagan. Mazkur bellashuv 30-yanvarga ko‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil iyun oyida UFC bilan shartnoma imzolagan Zarruh Adashev promoushen bayrog‘i ostidagi ilk jangida Tayson Nemga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raundning 32-soniyasida nokautga uchragandi.
Ma’lumot uchun, Zarruh UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. Samarqandlik 27 yoshli sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.
Mavzuga doir: