• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nega aynan muqaddam sudlanganlar ishlayapti?”. Nig‘matilla Yo‘ldoshev poytaxt bozorlari bosh nazoratchisini so‘roq qildi

    Bosh prokuraturada 7-noyabr kuni tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” direktori qator korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etishda ayblanganini ma’lum qilgandi. Bosh prokuror ayni paytda bozorlarda tanish-bilishchilik, turli suiiste’molchilik va talon-torojliklar avj olayotganini bildirib, “Ta’bir joiz bo‘lsa, bu fayzli maskanlar korrupsiya o‘chog‘iga aylanib bormoqda”,— degan.

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    Shuningdek, u holatni izohlar ekan, “Nahotki bu holatdan Toshkent shahar hokimligi va Munitsipial aktivlarni boshqarish markazi rahbari Muzaffar Abdurahmonovning xabari bo‘lmasa, yoki qayta qayta sudlangan, borgan joyidan o‘ziga pul o‘marishni kasb qilgan bu shaxsni yana rahbarlikka tayinlashdan u manfaatdormi? Ismoilov qamoqqa olingandan so‘ng uning o‘rniga hamtovog‘i Yo‘lbarsov tayinlanganligiga nima deysiz?”, — deb qo‘shimcha qilgan.

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, mazkur tadbirning savol-javob qismida O‘zbekiston bosh prokurori Toshkent shahar hokimligi huzuridagi kommunal aktivlarni boshqarish markazi bosh direktori Muzaffar Abdurahmonovni onlayn tarzda so‘roq qilgan.

    Muzaffar Abdurahmonov: Barcha e’tirozlaringiz o‘rinli. Hammasidan xulosa qildim. Kadrlar masalasini ham qayta ko‘rib chiqaman.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Qachondan beri ishlaysiz bu lavozimda?

    Muzaffar Abdurahmonov: Faoliyatim 2019-yil iyul oyidan boshlangan.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Bu holatlarga nima deysiz, qanday izoh berasiz?

    Muzaffar Abdurahmonov: Bu sohaga yangi kirganim uchun uni to‘liq ichigacha o‘rganmagan ekanman. Bozor sohasiga kelganimda bozor tushumi oyiga o‘rtacha 8-10 milliard so‘m daromad keltirardi. Biz har bir bozordagi ijara haqi, avtoturargoh va boshqa masalalarni nazoratga olib, oylik tushumlarni 22 milliard so‘mgacha, ya’ni 220 foizga ko‘tardik. Masalan, Eski shahar dehqon bozoridagi avtoturargohni ko‘zdan kechirganimizda...

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: O‘zi umumiy nechta bozoringiz bor?

    Muzaffar Abdurahmonov: 20 ta bozor savdo korpuslari mavjud, shundan 12 tasi dehqon bozori, 8 ta ixtisoslashtirilgan bozor.

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Shu bozorlarning egasi o‘zi kim, u yerlarda qarindosh-urug‘, tanish-bilishchilik yo‘qmi, deb sekin “geografiya”dan boshlab o‘rganmaysizmi? Keyin nega aynan bozordagi faoliyatida suiiste’mol va talon-taroj qilish holati bo‘yicha muqaddam sudlanganlar ishlayapti? Shularga bir ahamiyat qaratilmadimi? Nima uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng uning (poytaxtdagi “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” direktori Ismoilov – tahr.) o‘rniga yana shuni hamtovog‘i Yo‘lbarsov boshliq qilib tayinlandi?

    Muzaffar Abdurahmonov: Uning hamtovog‘i ekanligini bilmayman, muhtaram Bosh prokuror. Lekin Bosh prokuratura departamenti tomonidan “Tez bitta xodim beringlar, imzo qo‘yish vakolatiga ega bo‘lsin”, deyishgani sababli uning o‘rinbosarini vaqtinchalik vazifa bajaruvchi qilib qo‘yganmiz.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: O‘zi xohlagan odamingizni hujjatini ko‘tarsangiz, unga tegishli bo‘lib chiqardi, to‘g‘rimi?

    Muzaffar Abdurahmonov: Men uzr so‘rayman...

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Bozor direktorlarini sizning taqdimnomangiz bilan shahar hokimi imzo qo‘yib, tasdiqlaydimi? Lavozimga tayinlash qanday bo‘ladi? Bizning tergov hali buni oxiriga yetadi. Kim tavsiya etadi lavozimga qo‘yishga?

    Muzaffar Abdurahmonov: Har bir bozor rahbarining kadrlar masalasini shahar hokimi orqali o‘tkazamiz.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Buyruqni siz chiqarasizmi?

    Muzaffar Abdurahmonov: Buyruqni men chiqaraman. Ammo bizda kengash bor, o‘sha kengash raisi imzo qo‘yadi.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Mayli endi qarang, bir o‘zi boshqa bozorda, ikkinchi o‘g‘li ikkinchi bozorda, uchinchi o‘g‘li to‘rtinchi bozorda, yana bir jiyani xavfsizlik bo‘yicha bo‘ladigan bo‘lsa... Bu tom ma’nodagi haqiqiy bozor bo‘lib qolibdi-da unda?!

    Muzaffar Abdurahmonov: Men bu haqda yaqinda jinoiy ish ochilganida bildim. “Farhod” dehqon bozori o‘rinbosarini bilmasdim. “Aviasozlar” dehqon bozoridagi rahbar ham unga tegishli odam ekanligini hozir bildim. Men uzr so‘rayman.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari bormi, qayerda? Davron aka siz qanday tushuntirish berasiz?

    Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov: Men bu masala bo‘yicha javobgar emasman. Lekin endi biz har bir bozor rahbari uchun tekshiruv o‘tkazamiz: u sudlanganmi yoki yo‘qmi? Shu paytgacha bu ish bilan shug‘ullanganlarni xatlovdan o‘tkazib, biz albatta o‘rganamiz.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Muhtaram prezidentimizning bozorlarga bo‘lgan munosabatini siz bilan biz juda yaxshi bilamiz, to‘g‘rimi?

    Davron Hidoyatov: To‘g‘ri, to‘g‘ri.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Shunday bir sharoitda qilayotgan ishimiz nahot shunday talablarga javob beradi, deb o‘ylaymiz?! Undan ko‘ra aholiga qulaylik yaratish maqsadida bozor daromadini oshirib, o‘zimizning qadriyatlarga mos va xos bozorlarni yaratsak bo‘lmaydimi?

    Davron Hidoyatov: To‘ppa-to‘g‘ri aytyapsiz. Kamchiliklar juda ko‘p. Hozirgacha ancha ish qilingan. Lekin bu yetarli emas. Haqiqatan qaysi bozor rahbarining hujjatini ko‘tarsak, hammasi muqaddam sudlangan bo‘lib chiqadi...

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Hammasidan o‘zimizdan, insofni birinchi o‘zingga so‘ra deydiku. O‘zimiz shunga yo‘l qo‘yib beramiz. Shuning uchun Davron aka tegishli xulosa chiqarib... Bu kishi (Muzaffar Abdurahmonov nazarda tutilyapti – tahr.) shahar hokimi oldidan o‘tadi deyapti. Demak shahar hokimiyati ichida ham bevosita bozorlarga rahbar tanlash, tayinlash, joyiga qo‘yish masalasi bilan shug‘ullanadigan xodim bo‘lsa kerak. Shuni ham mas’uliyatini ko‘rib chiqish kerak, jazo belgilashni ham ko‘rish lozim. Faqat jinoiy javobgarlik emas, ma’muriy, intizomiy javobgarligi ham bor, to‘g‘rimi?

    Davron Hidoyatov: To‘ppa-to‘g‘ri, biz bu masalani ham ko‘taramiz. Bu bo‘yicha sizga alohida...

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Hokimingizga yetkazing.

    Mavzuga doir:

    • Kattaqo‘rg‘onda yo‘llarni ta’mirdan chiqarilgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab, 2,4 mlrd so‘mni talon-taroj qilish holati aniqlandi
    • Bosh prokuror: “O‘tgan ikki yilda moliya organlarining 41 nafar xodimi korrupsiya holatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan”
    •  O‘zbekistonda ikki yil ichida salkam 2000 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan

    10.11.2020, 13:24   Izoh (0)   42869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda MIB tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    10.11.2020, 12:23

    Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

    10.11.2020, 11:58

    Andijonda Isuzu bilan to‘qnashgan Labo ikkita Nexia va Damas’ni urib yubordi

    10.11.2020, 11:22

    Navoiydagi yirik YTH tafsilotlari ma’lum bo‘ldi: 11 mashina zarar ko‘rgan, 11 kishi jarohatlangan

    10.11.2020, 10:11

    Samarqandning Oqdaryo tumanidagi qabristonda qorovullar aybi bilan yong‘in chiqdi

    10.11.2020, 09:42

    O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining bazaviy maoshlari oshirildi

    10.11.2020, 09:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.