• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Germaniyaning “Qora ordeni”. Kuchi bor, aqli yo‘q vahshiy bo‘linma – SS tarixi

    1925-yil 9-noyabr kuni Germaniya va umuman dunyo tarixidagi eng vahshiy harbiy qismlardan biri bo‘lmish SS vujudga keldi. Boshida sakkiz kishidan iborat bo‘lgan Adolf Gitlerning qo‘riqchilari kun kelib Yevropa boshiga qora kunlarni solishini hech kim o‘ylamagandi. “Daryo” Germaniya tarixidagi harbiy bo‘linmaning faoliyati haqida hikoya qiladi.

    “Qora orden” vakillari

    Vafen-SS harbiy bo‘linmalari g‘arbiy va sharqiy frontlardagi raqiblar orasida o‘ta shafqatsiz va fanatik natsional sotsialistlar deb hisoblanardi. Genrix Gimmlerning ushbu “Qora ordeni”ning harbiy qismlari eng mashhur dahshatli jinoyatlarda ishtirok etgan edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    SS paydo bo‘lishining boshida Gitlerning xavfsizlik xizmati boshlig‘i va shaxsiy haydovchisi Yulius Shrek turdi. 1929-yil 6-yanvardan esa Genrix Gimmler SS’ning Reyxsfyureriga aylandi. U SS qo‘shinlari tarkibida jangchilarning elita korpusi shakllantirilishini juda zarur deb hisoblardi. Reyxsfyurer hatto SS davlati – Burgundiyani yaratishni rejalashtirgandi, u nafaqat Fransiyaning shu nomdagi tarixiy mintaqasi hududida, balki Gollandiya va Belgiya yerlarida ham joylashgan bo‘lishi kerak edi. Burgundiya SS tomonidan to‘liq boshqarilishi, SS qonunlariga muvofiq yashashi va g‘arbdan Reyxni himoya qiluvchi qalqon bo‘lib xizmat qilishi kerak edi.

    Gimmlerning asosiy maqsadi Yevropaning barcha “shimoliy” xalqlarini SS qorabayrog‘i ostida birlashtirish edi. Bunga birinchi qadamlardan biri sifatida Gimmler 1940-yil sentabr oyida Flandriyada Algemeene-SS Vlaanderenni tashkil qildi. Ikki oy o‘tgach Niderlandiyada Nederlandsche-SS shakllanishi boshlandi va 1941-yil may oyida Norvegiyada Norges-SS guruhi paydo bo‘ldi. Ushbu guruhlarning a’zolari o‘z tillari va urf-odatlarini saqlab qoldi, ammo nemisparast siyosiy rahbarlarning ta’siriga tushdi.

    Kuchi bor, lekin aqli yo‘q vahshiylar polki

    Avvalo, SS Vermaxtga (doimiy qurolli kuchlar) qaraganda nomzodlarni ancha qat’iy qoidalar bo‘yicha tanlardi. Biroq bu tanlovlarda aql-idrok va intellektga qaralmas edi. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha SS talablari Vermaxtga qaraganda ancha yuqori bo‘lsa-da, ta’lim darajasiga juda kam e’tibor berilardi: SS kuchlari safiga kirganlarning qariyb yarmi faqat boshlang‘ich maktab ma’lumotlariga ega edi, xolos. SS qo‘shinlarida ofitserlar va askarlar o‘rtasidagi an’anaviy armiya to‘sig‘i yo‘q edi. Bo‘sh vaqtlarida ular bir-birlariga darajalari bo‘yicha emas, balki Kamrad (o‘rtoq) deb murojaat qilardi.

    Vermaxt va SS qo‘shinlari o‘rtasidagi yana bir muhim farq shundaki, SS qo‘shinlariga ko‘pincha qishloq aholisi qo‘shilgan bo‘lsa, vermaxtda asosan shahar aholisi xizmat qilgan edi. Shuning uchun SS qo‘shinlarining askarlari Vermaxt askarlariga qaraganda ancha chidamli edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    “Leybshtandart Adolf Gitler”

    Shuningdek, nomzodlar juda qat’iy standartlarga javob berishi kerak edi. Masalan, SS tarkibidagi “Leybshtandart Adolf Gitler” qismining tarkibiga 23 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, jismoniy tayyorgarligi yuqori, o‘tmishi jinoiy bo‘lmagan va o‘zlarining “oriy kelib chiqishini” isbotlay oladigan erkaklar jalb qilinardi. Ofitserlik lavozimlariga nomzodlar esa SS yoki armiyada ikki yillik xizmatdan so‘nggina qabul qilinardi.

    SS’chilarning dastlabki tayyorgarligi shahar garnizoni tashqarisida joylashgan lagerlarda o‘tkazilardi. “O‘lik bosh” deb nomlangan polk uchun bunday shahar Daxau edi, “Doychland” polki uchun – Myunxen va “Germaniya” polki uchun – Gamburg bo‘lgan. Keyin ofitser lavozimlariga nomzodlar Bad-Toltsga yoki Braunshveygga yuborilgan edi.

    Biroq barcha ishlarda izchillik yo‘q edi, shuning uchun 1936-yilda Gimmler Pol Xausser boshchiligidagi SS ichki inspeksiyasini yaratdi. Shundan so‘ng ish tubdan o‘zgardi. U Feliks Shtayner, Kassiy Freyher va Piter Hansenlar yordamida SS uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqdi. Shtayner va Kassiy Birinchi jahon urushi davridagi nemis hujum bo‘linmalari tajribasidan foydalanib, piyoda askarlar tayyorlash metodikasini, Hansen esa SS artilleriya bo‘linmalarini tayyorladi.

    SS harbiy elitami?

    SS tarixiga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasi bilan fashistlar tizimining ushbu qismi haqidagi tushunchamizni kengaytirgan tarixchi Bastian Xeyn o‘zining yangi kitobida Gimmler apparati bilan bog‘liq qiziqarli bahoni berdi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    O‘z izlanishlari natijasida Bastian Xeyn Vaffen-SS’ning bugungi kungacha saqlanib qolgan “harbiy elita” sifatidagi obro‘siga shubha bilan qaraydi. Xeyn bunga uchta sababni keltiradi. Birinchidan, SS’ning “Leybshtandart Adolf Gitler” yoki “O‘lik bosh” bo‘linmasi singari yaxshi jihozlangan va yaxshi ta’minotga ega bo‘lgan bo‘linmalari va boshqa bo‘linmalari o‘rtasida aniq farq bor.

    Ayniqsa, urushning ikkinchi yarmida yuqorida tilga olingan bo‘linmalar va chet ellik etnik nemislardan asirga olingan dushman askarlaridan majburan tuzilgan SS bo‘linmalari o‘rtasida katta farq bor edi. Ular ko‘pincha faqat o‘lja qilib olingan qurol-yarog‘lar bilan qurollangan, yomon o‘qitilgan va to‘liq jihozlanmagandi. Umuman olganda, Vaffen-SS tarkibida 910 ming kishi bor edi, shundan 400 ming nafari “imperiya nemislari” va 200 mingtasi chet ellik nemislar edi.

    Uchinchi reyx rahbariyati SS qo‘shinlariga faqat “oriy kelib chiqish”ga ega bo‘lgan nemislarni jalb qilishni rejalashtirgan edi, ammo bu prinsiplardan tez orada voz kechildi.

    Internatsional SS

    SS’ga faqat “oriy kelib chiqishi” bor nemislari qabul qilinganligi – afsona. Ikkinchi jahon urushi paytida SS qo‘shinlarida kadrlar yetishmovchiligi paydo bo‘ldi. Talablarni pasaytirish kerak edi. Faqat bitta narsa qoldi – Germaniya va Reyxsfyurerga sodiqlik. Ushbu tashkilot safida Uchinchi reyx umuman yoqtirmagan millat vakillari – slavyanlar, fransuzlar, vengerlar, ruminlar, albanlar, Kavkaz va hatto o‘zbeklarni ham uchratish mumkin edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Tashkilotda bir nechta mutlaq xorijiy bo‘linmalar paydo bo‘ldi. SS’ning 12 ta bo‘linmasi norvegiyaliklar, daniyaliklar, belgiyaliklar va gollandlardan iborat edi. Bosniya, Gersegovina va Xorvatiya musulmonlari uchta SS bo‘linmasini tuzdi. Italiya, Vengriya va Fransiyadan kelgan ko‘ngillilar beshta SS bo‘limini tuzgan bo‘lsa, latishlar, estonlar, litvaliklar, ruslar, ukrainlar va beloruslar tomonidan oltita bo‘linma tuzildi.

    Umuman olganda, tarixchilar chet ellik kadrlar tomonidan boshqariladigan SS’ning 43 ta bo‘linmasini hisoblagan edi. Bu bo‘linmalarga qo‘shilgan askarlar o‘z vatanlarida xoin deb e’lon qilindi, urushdan keyin qo‘lga tushganlari esa vatanga xiyonatda ayblanib qatl qilindi.

    Shunisi e’tiborliki, SS tarkibida hech qachon nemislar tomonidan bosib olinmagan davlatlarning fuqarolari ham bor edi. Finlar, ruminlar, bolgarlar va ispanlar SS tarkibiga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan edi.

    “Yevropaning axlat qutisi”

    Janglarda ushbu baynalmilal harbiy qismlar o‘zlarini yomon tarzda namoyish etdi – ular tezda tarqatib yuborildi. Bu SS qo‘shinlarining, hatto Germaniyaning o‘zida ham obro‘si pasayganining so‘nggi dalili edi. Tashkilotning ikkinchi odami bo‘lgan SS Obergruppen fyureri Reynxard Geydrix o‘z qo‘shinlarini xo‘rlik bilan “Yevropaning axlat qutisi” deb atagan edi.

    SS tomonidan Ikkinchi jahon urushi paytida amalga oshirilgan jinoyatlar borasida to‘liq to‘xtalmadik, chunki bu endi umuman boshqa hikoya.

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    09.11.2020, 18:11   Izoh (0)   47518
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya laboratoriyalarida COVID-19 testlari 40 foizgacha holatda xato natija chiqarayotgani sababi aytildi

    09.11.2020, 17:45

    “Natijalar rasman e’lon qilinishini kutishni to‘g‘ri deb bilamiz” – Peskov nima uchun Putin Baydenni tabriklamaganini izohladi

    09.11.2020, 17:09

    Samaradagi yong‘inda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ular o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

    09.11.2020, 16:57

    Rossiyada qariyb 22 mingta COVID-19 holati aniqlandi. Bu bir sutkada kasallanish bo‘yicha yangi antirekord

    09.11.2020, 16:22

    Bayden AQSh hududida niqob taqish majburiyatini joriy etishga qaror qildi

    09.11.2020, 15:58

    “Ikkinchi to‘lqin birinchisidan ko‘ra uzoqroq davom etadi” — qozog‘istonlik ekspert koronavirus haqida

    09.11.2020, 15:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriyada qabilalar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarda 37 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 14 iyul, 11:26

    O‘zbekistonda 15-iyul kuni harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 11:11

    Yashab qolish uchun suzish: suriyalik qochoq sportchi Yusra Mardinining hayratlanarli hayoti

    Layfstayl | 14 iyul, 10:50

    Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari uchun O‘zbekistonga keldi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyul, 10:46

    Turkiyadagi yirik fermer xo‘jaliklariga o‘zbekistonliklar ishga jalb etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 14 iyul, 10:32

    Tramp Ukrainaga Patriot raketalarini yuborishini maʼlum qildi

    Dunyo | 14 iyul, 10:15

    “Chelsi” Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba qozonib, qancha mukofot puli ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 14 iyul, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.