O‘tgan bir kecha-kunduzda dunyoda yana 581,6 ming kishi koronavirusga chalindi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha bundan oldingi sutkalik antirekord 31-oktabr kuni qayd etilgandi — 557 mingdan ortiq.
JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 48,5 milliondan oshgan, hozirga qadar 1,231 milliondan ortiq odam virus qurboniga aylangan.
Avvalroq Daniyada koronavirus mutatsiyasining oldini olish uchun barcha qorako‘zanlar yo‘q qilinishi, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 48 milliondan oshgani, infeksiya asoratlari oqibatida kuzatilgan o‘lim holatlari soni bo‘yicha antirekord qayd etilgani haqida xabarlar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, noyabr boshlarida JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich yaqin bir necha oyda dunyoda COVID-19 koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat juda og‘irlashishi haqida ogohlantirgandi. 5-noyabr kuni esa dunyoda koronavirus oqibatida yuz bergan o‘limlar soni bir kecha-kunduzda 9763 tani tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
Izoh (0)