• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maktablarni jihozlashdagi monopoliyaga qarshi chiqdi

    O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligining “2021—2025-yillarda umumta’lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini o‘rganib chiqdi.

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Qo‘mitaning o‘rganish natijalariga ko‘ra bergan xulosasida qayd etilishicha, ko‘p yillar davomida mamlakatda ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv huquqlar berish orqali sun’iy monopoliya yaratilganligi iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhiti shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Bunday tizim budjet mablag‘lari asossiz sarflanishiga olib keladi.

    Qaror loyihasining 4-bandi uchinchi xatboshida umumta’lim maktablariga mebel va maxsus o‘rnatish talab etilmaydigan jihozlarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari hamda jihozlarni ta’mirlash ishlari “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

    “Vaholanki, mazkur vazifalarni davlat xaridlarida g‘olib bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchilar (ish bajaruvchi) tomonidan bajarilishi lozim. Bu mantiqiy va moliyaviy tomonlama maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki tovarlarni joylarga yetkazib berishda va o‘rnatishda ularni sifatiga va texnik talablarga muvofiqligiga tenderda g‘olib bo‘lgan korxona javob beradi”. — deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabarida.

    Qo‘mitaning fikricha, shuning uchun umumta’lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalarini xarid qilishdagi shartlarda tovarni “O‘quv ta’lim-ta’minot” DUK bazasiga emas, balki bevosita maktablarga yetkazib berilishini belgilash lozim.

    “Bunda ‘O‘quv ta’lim-ta’minot’ DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat budjeti hisobidan (13 milliard so‘m) ortiqcha mablag‘lar ajratilishi hamda alohida yana ushbu DUK tomonidan tovarlarni joylarga yetkazib berish va o‘rnatish uchun mablag‘lar ajratish talab etilmaydi va o‘z navbatida budjet mablag‘lari tejaladi”, — deyiladi qo‘mita xulosasida.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qaror loyihasidan yuqoridagi bandni chiqarib tashlash lozim, deb hisoblamoqda.

    Loyihaga ko‘ra, 2021—2025-yillarda 5046 ta maktab (120 mingdan ortiq o‘quv xonalarini) jihozlash rejalashtirilgan.

    Mavzuga doir: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi

    04.11.2020, 08:27   Izoh (0)   11157
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etilish to‘g‘risidagi hukumat qarori muhokamaga qo‘yildi

    04.11.2020, 07:59

    O‘zbekistonda tuman hokimliklari noqonuniy olib qo‘ygan 23 ming gektar yer o‘rmon xo‘jaliklariga qaytarildi

    04.11.2020, 07:45

    O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh olishi ma’lum qilindi

    04.11.2020, 07:22

    Toshkent tibbiyot akademiyasi sobiq rektori Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

    04.11.2020, 06:59

    Toshkent shahrida ota qariyb 430 mln so‘mlik aliment pulini birato‘la to‘lab berdi

    04.11.2020, 06:23

    DXA Toshkentda gapirish va eshitish bilan bog‘liq imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

    04.11.2020, 04:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.