Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xotin-qizlar koronavirusdan davolanishdan oldin ishlatgan kosmetika vositalaridan tuzalganlaridan keyin ham foydalanishi uchun muayyan shartlar bor. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qilgan.

Skrinshot: UzreportTV

Skrinshot: UzreportTV

Mutaxassis “Koronavirus bilan kasallandim. Uy sharoitida alohidalanish bilan 14 kun davolandim, ishga chiqmoqchiman. Kasallik boshlanishidan oldin ishlatgan kosmetika vositalarini ishlatsam bo‘ladimi? Yoki virus saqlanib qolgan bo‘ladimi?”, degan savolga aniqlik kiritib o‘tgan.
Agar siz 14 kun davomida bu kosmetika vositalaridan foydalanmagan bo‘lsangiz, shu bilan birga, ular yopiq ravishda saqlanadigan bo‘lsa, bemalol foydalanishingiz mumkin. Bu savol bizning ayollarimiz uchun juda muhim, chunki kosmetika vositalaridan ular foydalanadi. Bu kasallikdan to‘liq tuzalmay turib, boshqalarga, ya’ni oila a’zolari, ota-onalari va farzandlari, hamkasblariga infeksiya tarqatuvchisi bo‘lib qolishdan qo‘rqishlari tabiiy.

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Ma’lumot uchun, hozirda koronavirus asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi aniqlangan bo‘lsa-da, kontakt yo‘li va xo‘jalik buyumlari, sathlar orqali yuqish yo‘li ham inkor qilinmagan. Bunda havoda virusning 3 soatgacha saqlanishi, turli sathlarda esa 6 soatdan 48 soatgacha saqlanishi to‘g‘risida maqolalar mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)