Farrux Omonov O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hukumatning bu haqdagi tegishli qarori 30-oktabr kuni qabul qilingan.
Farrux Omonov 2019-yil dekabridan buyon Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari lavozimini egallab kelayotgandi. U, shuningdek, 2011—2015-yillarda Moliya vazirligida, 2015—2019-yillarda Savdo-sanoat palatasida ham faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Yoshlar ishlari agentligi 2020-yil 30-iyunda tashkil etilgan. Unga Alisher Sa’dullayev direktor etib tayinlangan.
Izoh (0)