• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindi

    O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Qaror loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklarning “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda – jamoatchilik rolini oshirish” g‘oyasini 2020-yil 1-noyabrdan boshlab joriy etish bo‘yicha quyidagi takliflari ma’qullanishi mumkin:

    Birinchidan, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari boshchiligida keng jamoatchilikni jalb qilgan holda qurilish sohasida yashirin faoliyatni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

    • xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari asosida deputatlar, tuman (shahar) hokimliklari, soliq, mehnat, statistika, ichki ishlar, qurilish nazorati va boshqa davlat organlari xodimlari, nodavlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillaridan iborat qurilish tashkilotlarida yashirin faoliyatni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etiladi;
    • soliq, mehnat va statistika organlarining ma’lumotlariga asosan xodimlar soni, ish haqi fondi va ijtimoiy soliqlarga tortiladigan bazani yashirishi ehtimoli bor qurilish tashkilotlarini yirik, o‘rta va kichik korxonalarga tasniflash va ularning alohida ro‘yxatlari shakllantiriladi;
    • ishchi guruhlar tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlarga asosan qurilish tashkilotlarida o‘rganish reja-jadvallari tasdiqlanadi.
    Ikkinchidan, ishchi guruhlar tomonidan qurilish tashkilotlari, ularning subpudrat korxonalarida ishlayotgan xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, xodimlarga ish haqini hisoblash, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar to‘lanishi holati o‘rganiladi. Tadbirlar jarayonida:
    • qurilish tashkilotida haqiqatda ishlayotgan ishchilar va xodimlar sonini shtat jadvalidagi xodimlar soni bilan solishtirish, ular bilan mehnat shartnomasi tuzilganligi, elektron mehnat daftarchasi rasmiylashtirilganligi, tegishli ma’lumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” elektron dasturi bazasida to‘liq aks ettirilganligi;
    • qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari va qurilish-montaj ishlarini bajarilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarga (2, 3-shakl va ilova qilinadigan hisob jadvallari) asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan va amalda to‘langan ish haqini solishtirish, soliq organlari ma’lumotiga asosan ish haqidan daromad solig‘i va ish haqi fondidan ijtimoiy to‘lovlar undirilganligi holati;
    • markazlashgan mablag‘lar hisobidan qurilayotgan obyektlar, jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy, sanoat va boshqa tarmoqlar obyektlari qurilishida ishtirok etayotgan korxonalarga alohida e’tibor qaratiladi, ayniqsa, qurilish materiallari va boshqa xarajatlar hisobiga norasmiy ish haqi to‘lovlarini to‘lash holatlari mavjudligi o‘rganiladi.
    Uchinchidan, aniqlangan yashirin faoliyatni bartaraf etish bo‘yicha qurilish tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatiladi, jumladan:
    • norasmiy ishchilar rasmiylashtiriladi, mehnat qonunchiligiga asosan mehnat shartnomasi va elektron mehnat daftarchasi rasmiylashtiriladi, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi elektron dasturiga kiritiladi;
    • mehnat va soliq qonunchiligiga asosan ish haqi miqdori to‘g‘ri o‘rnatilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi, ish haqidan daromad solig‘i va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari to‘liq to‘lanishi bo‘yicha huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatiladi;
    • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qurilish tashkilotlariga bir oy muddat beriladi.
    To‘rtinchidan, ishchi guruhlar tomonidan ogohlantirilishiga va profilaktik tadbirlar o‘tkazilishiga qaramay qonunbuzarlik holatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etishdan bosh tortgan subyektlarga nisbatan ma’muriy ish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun zarur ma’lumotlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda tegishli soliqlarni hisoblash uchun Davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.

    Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda qurilish sohasida soliq qonunchiligiga to‘liq rioya etishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqadi va bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

    Mazkur tartibda soliq organlariga markazlashgan investitsiyalar hisobiga qurilishni amalga oshirgan tadbirkorlik subyektlari elektron hisob-faktura orqali hisob-kitob qilish va ushbu hujjat mavjud bo‘lmaganda smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan xarajatlardan shu jumladan, qurilish, qurilish ta’mirlash ishlari bo‘yicha smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan ish haqi fondidan kelib chiqqan holda soliqlarni hisoblash huquqini berish nazarda tutiladi.

    Qurilish tashkilotlari tomonidan o‘z yashirin faoliyatini ixtiyoriy ravishda qonuniylashtirishi uchun 2020 yil 1 dekabrdan quyidagi rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinadi:

    a) Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Qurilish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda norasmiy bandlik holatlari kuzatilmagan yoki yashirin faoliyatni to‘liq bartaraf etgan qurilish tashkilotlari reyestri yuritiladi.

    Reyestrga kirgan qurilish tashkilotlarga qurilish obyektlarida bajarilgan ishlar uchun buyurtmachi tomonidan mablag‘ ajratilgunga qadar daromad va ish haqidan bo‘lgan soliqlarni to‘lash muddatini mutanosib ravishda uzaytirishga ruxsat etiladi;

    b) o‘rganish jarayonida nolegal xodimlarni rasmiylashtirgan qurilish tashkilotiga ularning kasbiy malakasini oshirish, mehnat muhofazasi qoidalariga o‘rgatish va shaxsiy himoyalash vositalarini xarid qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya beriladi. Bunda:

    • subsidiya kasbiy malakani oshirish uchun har bir xodim uchun 6 oy muddatgacha har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha, mehnat muhofazasi qoidalariga o‘rgatish va shaxsiy himoyalash vositalarini xarid qilish uchun bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorigacha beriladi;
    • ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan norasmiy ishlayotgan xodimlarga ularni kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish, malakasini oshirish uchun kasb-hunarga o‘qitish markazlariga yo‘llanma beriladi, bunda ish beruvchi tomonidan ushbu xodimlarni o‘qishdan keyin rasmiy ravishda ishga olish bo‘yicha kafolati olinadi;
    v) qurilish tashkilotlari tomonidan 2020 yil 1 dekabrga qadar ishchilarga norasmiy ish haqi to‘langan holatlar yuzasidan huquqiy choralar qo‘llanilmaydi va yuzaga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday soliq va majburiy to‘lovlardan voz kechiladi, bir yil ichida ishchilariga norasmiy ish haqi to‘langan holatlar aniqlangan qurilish tashkilotlar bundan mustasno.

    Qurilish tashkilotlariga ayrim qurilish ishlari turlari bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida jalb etishga ruxsat etiladi. Bunda:

    • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qurilish obyektlariga prezidentning 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarorida belgilangan murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik ishlari, elektrik, santexnik) bo‘yicha jalb qilinadi;
    • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qurilish tashkilotlarida xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ishlagan davrida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi hajmida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar to‘laydi, ularga shartnoma bo‘yicha to‘langan mablag‘lar yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash obyekti hisoblanmaydi;
    • qurilish ishlariga jalb qilingan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar loyiha-smeta hujjatlariga asosan umumiy qurilish ishlarining har bir turi bo‘yicha qurilish hajmlarini bajarish uchun talab etiladigan ishchilar sonining 50 foizidan oshmasligi lozim;
    • qurilish tashkiloti va o‘zini o‘zi band qilgan shaxs o‘rtasida tuzilgan xizmat ko‘rsatish shartnomasi qurilish obyekti joylashgan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
    • ish beruvchi tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qurilish ishlariga jalb qilishda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi va o‘qitilishi, bilimlari tekshirilishi lozim;
    • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qurilish ishlarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplash ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
    Belgilanishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
    • qurilish tashkilotlari tomonidan qurilayotgan obyektlarda loyiha-smeta hujjatlaridan kam ish haqi hisoblangan taqdirda, soliq organlari ish haqidan olinadigan soliqlarni loyiha-smeta hujjatlaridan kelib chiqib hisoblanadi;
    • qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda umumiy ish haqi summasining ushbu obyektning loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganligi soliq organlarga taqdim etilgan hisobotlar asosida tahlil qilinadi;
    • qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda umumiy foydalanilgan qurilish materiallari summasining ushbu obyektga tegishli loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilganidan kam miqdorda foydalanish bo‘yicha aniqlangan holatlar soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb tan olinadi.
    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmonni imzolagandi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan davlat korxonalarini transformatsiya qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha choralar belgilandi
    • Singapur kompaniyasi Toshkent viloyatida Nurafshon City quradi
    • Jahongir Ortiqxo‘jayev Nukus markazini qayta qurish loyihasini Shavkat Mirziyoyevga taqdim etdi

    31.10.2020, 23:58   Izoh (0)   16576
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: “Koronavirusga chalinganlarda ta’m va hid bilish qachon qaytishi borasidagi savolga aniq javob yo‘q”

    31.10.2020, 22:57

    Dehqonoboddagi qurilishda beton plita qulab tushishi oqibatida 39 yoshli fuqaro vafot etdi

    31.10.2020, 21:14

    O‘zbekistonda niqob taqish talabi nega saqlanib qolmoqda? Koronavirusga qarshi kurash shtabi vakili javob berdi

    31.10.2020, 20:11

    “O‘zbekiston xalqi bilan yonma-yon ishlash AQSh uchun katta sharaf”. AQSh va O‘zbekiston qo‘shma bayonot e‘lon qildi

    31.10.2020, 19:10

    Toshkentdagi tadbirkorlar gaz ta’minotidan uzilayotgani to‘g‘risida ogohlantirildi

    31.10.2020, 18:36

    Urganchda bankdan qariyb 23 ming dollar o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

    31.10.2020, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.