Singapurning Breathonix kompaniyasi olimlari COVID-19 bilan kasallanishni aniqlaydigan apparatni taqdim etdi. Apparat test natijasini bir daqiqa ichida ko‘rsatadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, apparat puflanuvchi trubka shaklida bo‘lib, uning bir martalik o‘rnatiladigan uchidan puflash kerak bo‘ladi.
Qayd etilishicha, 180 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan sinov natijalariga ko‘ra, yaratilgan apparat koronavirus tashxisini 90 foiz aniqlik bilan qo‘ygan. Bunda apparat PZR testlariga qaraganda 70 foiz arzon turadi.
Apparatni yaratganlar o‘z ixtirosi uchun 2021-yilning boshida tegishli organlardan ruxsat olishga umid qilmoqda.
Singapurlik olimlar koronavirus bor yoki yo‘qligini nafas orqali bir necha daqiqada aniqlab beradigan test yaratgani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Izoh (0)