Daryo

Singapurlik olimlar koronavirus bor yoki yo‘qligini nafas orqali bir necha daqiqada aniqlab beradigan test yaratdi

Ushbu test shilliq qavatdan surtma olish talab etiluvchi an’anaviy PZR-testidan farqli ravishda odam nafasining kimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlarni qayd etadi

1 daqiqa o‘qish26 810 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Point.md

Singapurda odamda COVID-19 bor yoki yo‘qligini bir necha daqiqada aniqlab beradigan yangi test yaratildi, deb xabar bermoqda “RBK” The Straits Times’ga tayanib. Ixtiro Singapur milliy universiteti (NUS)ga qarashli Breathonix kompaniyasiga tegishli.

Dastlabki klinik sinovlarda Singapur Milliy yuqumli kasalliklar markazining 180 nafar bemori ishtirok etgan. Tadqiqotning aniqlik darajasi 90 foiz atrofida bo‘lgan. Tadqiqotchilar yana 600 nafar ko‘ngillida testni sinab ko‘rmoqchi.

Breathtonix testi shilliq qavatdan surtma olish talab etiluvchi an’anaviy PZR-testidan farqli ravishda odam nafasining kimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlarni qayd etadi.

Foto: The Straits Times

Ta’kidlanishicha, har bir nafasda hujayralardagi biokimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan uchuvchi organik birikmalar deb nomlanadigan ko‘rinmas zarralar mavjud. Breathtonix ijrochi direktori Szya Chjunanning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi organik birikmalarni COVID-19 kabi kasalliklar markeriga kiritish mumkin.

Szya Chjunanning aytishicha, bunday testerdan foydalanish uchun xodim maxsus o‘qitilgan bo‘lishi talab etilmaydi. “Natijalar real vaqtda chiqarib beriladi”, — degan u va diagnostika odam eng gavjum bo‘ladigan joylarda, masalan, aeroportlarda o‘tkazilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Singapur Milliy yuqumli kasalliklar markazida aytilishicha, Breathonix ixtirosi skrining testi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, aniqroq natija uchun esa PZR-testi kerak bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: Singapurda COVID-19 simptomlarini kuzatuvchi aqlli niqob yaratildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar