LetsGoDigital sayti dizayni Samsung patentlaridan olingan noodatiy planshet-smartfonning suratlari bilan bo‘lishdi. Qurilma katta displeyga ega bo‘lib, u bir vaqtining o‘zida uch joyidan buklana oladi — xuddi “garmoshka” kabi. Galaxy Fold 3 shu kabi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
TCL bunday dizaynni oldinroq taqdim etgandi, shu sababli Samsung g‘oyani takomillashtirgan. Korpusning ostki qismida kichik suriluvchi modul bo‘lib, undan sensorli klaviatura o‘rin olgan. Bu kabir rejimda qurilma xuddi noutbuk ko‘rinishiga kiradi — klaviatura ekrandan ortiqcha joy egallamaydi.
Hozircha mazkur g‘oyaning qanchalik amalga oshirilishi haqida gapirishga erta. Ehtimol, bu Samsung yig‘ma smartfonlarining keyingi avlodi variantlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Hi-Tech.Mail.ru’ning yozishicha, Galaxy Fold lineykasidagi yangi smartfon yaqin olti oy ichida paydo bo‘lmaydi. Chunki Fold 2 yaqinda — avgust oyida Galaxy Note20 bilan taqdim etilgandi.
Avvalroq Xitoyning TCL kompaniyasi 6,7 dyuymga ekranini 4,5 dyuymga qadar kichraytirish mumkin bo‘lgan “rulon”-smartfon prototipini namoyish etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)